Özbekiston Respublikasida şaxmatni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi prezident qaroriga muvofiq majburiy maktab dasturlari doirasida 150 ta maktabda tajriba tariqasida şaxmatga öqitiş taşkil qilinadi.

Hujjatga köra, şaxmat böyiça Respublika ixtisoslaştirilgan bolalar-ösmirlar sport maktabi Özbekiston şaxmat federatsiyasi tasarrufiga berildi.

2018 yil 1 sentabrdan boşlab mulkçilik şaklidan qat'i nazar, barça şaxmat klublari hamda şaxmatga öqitiş va tayyorlaşni amalga oşiruvçi boşqa sport muassasalari majburiy akkreditatsiyadan ötkaziladi.

Xalq ta'limi vazirligiga 2018 yil 20 avgustga qadar maktablarida şaxmatga öqitiş böyiça ta'lim dasturlarini tasdiqlaş vazifasi yuklandi.