Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston suv xo‘jaligi tashkilotlari uchun dronlar sotib oladi
2019-2020 yillarda suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlarini zamonaviy texnika bilan ta'minlash maqsadida jami 370 dona texnika sotib olinadi. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli farmoyishi qabul qilingan.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun jami 36 dona texnika xarid qilinadi. Ular orasida: 2019-2020 yillarda 1 donadan ekskavator, 1 donadan buldozer, 15 donadan motoroller va moped, 1 donadan videoregistratorli uchuvchisiz uchish apparati.
Andijon bo‘yicha jami 35 dona, Buxoro - 35, Jizzax - 15, Qashqadaryo - 37, Navoiy - 13, Namangan - 26, Samarqand - 38, Surxondaryo - 38, Sirdaryo - 18, Toshkent - 30, Farg‘ona - 36, Xorazm - 13 dona texnika xarid qilinadi.
Xarid qilinadigan jami texnikadan 25 donasi ekskavator, 20 - buldozer, 300 - motoroller va moped hamda 25 donasi videoregistratorli uchuvchisiz uchish apparati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.04.2026
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi kuchaytiriladi
19:48 / 10.03.2026
Muhandis talabalar 4 kun nazariy bilim oladi, 2 kun amaliyot o‘taydigan tizim yaratiladi
11:34 / 14.02.2026
Markaziy Osiyo energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
07:32 / 02.01.2026