Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlarida sahnalaştiriladigan sahna asarlarini yaratiş böyiça davlat buyurtmasini şakllantiriş tartibi töğrisida Nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Nizomga köra, davlat teatrlarida sahna asarlarni sahnalaştiriş uçun davlat buyurtmasini beriş markaziy Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan va hududiy Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari tomonidan beriladigan mablağlar asosida ikki turga bölinadi.
Sahna asarlarini sahnalaştiriş uçun davlat buyurtmasini beriş Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida taşkil etilgan markaziy Kengaş va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari huzurida taşkil etilgan hududiy Kengaş xulosasiga köra amalga oşiriladi.
Belgilab qöyilişiça, davlat buyurtmalaridan taşqari turli taşkilot va idoralar hamda tijorat yoki notijorat jamğarmalar tomonidan ham teatrlarga yangi sahna asarlarni sahnalaştiriş uçun buyurtma berilişi mumkin.
Barça davlat buyurtmalari asosida sahnalaştirilayotgan yangi sahna asarlarning sahnaviy talqini, dolzarbligi, saviyasi hamda iqtisodiy tomonlari Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida taşkil etilgan markaziy Kengaş tomonidan örganiladi, muvofiqlaştiriladi şuningdek, örnatilgan tartibda rasmiylaştirilişiga kömak beriladi.
Kengaşning maqsadlari quyidagilardan iborat:
teatr san'ati ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirişning asosiy vositalaridan biri ekanligini nazarda tutib, joylarda bu san'at turi rivoji bilan boğliq ijodiy-işlab çiqariş va taşkiliy işlarini izçil amalga oşiriş;
teatr jamoalari, rejissyorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeysterlarga dolzarb mavzularda yangi zamonaviy mavzudagi asarlar sahnalaştirilişiga yaqindan yordam beriş;
xalqimizning boy ma'naviy dunyosi, madaniy merosi, milliy va umumbaşariy qadriyatlarimizga ehtirom tuyğularini madh etuvçi, istiqlolni uluğlovçi yorqin sahna asarlari sahnalaştirilişiga kömaklaşiş.
Quyidagilar Kengaşning asosiy vazifalari hisoblanadi:
milliy va jahon mumtoz sahna asarlarini sahnalaştiriş orqali xalqimiz, avvalo yoşlarimiz qalbida milliy ğurur, milliy iftixor tuyğularini şakllantiriş, ularni ona- Vatanga muhabbat, umumbaşariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm ğoyalariga sadoqat kabi tuyğular orqali tarbiyalaş kabi dramaturgiyaning turli janrlariga xos asarlarni sahnalaştiriş böyiça tavsiyalar beriş;








