Keyingi ikki yilda Özbekiston davlat hokimiyati va boşqaruvi tizimida keng kölamli ijobiy özgarişlar röy berdi. Bunda asosiy e'tibor fuqarolarning huquqlarini himoya qiliş va aholi manfaatlarini amalda ta'minlaşga qaratildi.

«Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun», «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak», degan ezgu ğoyalar Özbekiston taraqqiyotining yangi bosqiçiga qadam qöyayotganligini anglatmoqda.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 22 yanvarda Harakatlar strategiyasi asosida amalga oşirilişi belgilangan «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid Davlat dasturi töğrisida»gi farmoni e'lon qilindi.

Farmon bilan vaqtinça yoki doimiy propiskasi bölmagan yoxud turar joyi böyiça hisobda turmagan fuqarolarni işga olişga oid taqiq bekor qilinişi kerak edi. Uşbu norma fuqarolarga mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida işga joylaşişda heç qanday çeklovlarsiz öz salohiyatini röyobga çiqariş imkonini beradi. Istiqbolli kadrlar qayerda doimiy yoki vaqtinça propiska qilingani, turar joyi böyiça hisobda turganidan qat'i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladi. Öz navbatida, iş beruvçilar vaqtinça yoki doimiy propiskasi bölmagan yoxud turar joyi böyiça hisobdan ötmagan fuqarolarni işga olganliklari uçun javobgarlikdan ozod etiladi.

Farmon asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va ijro etiş muddati 2018 yil 1 aprel sanasi etib belgilangandi.

Loyihalarda:

vaqtinça yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni işga qabul qilişni rad etiş bilan boğliq amaliyotga barham beriş;

mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uçun iş beruvçining ma'muriy javobgarligini bekor qiliş;

vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşaganlik, yaşaşga yöl qöyganlik uçun ma'muriy jazo çoralarini yengillaştiriş nazarda tutiladi, deyilgandi.

Tegişli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ustida Adliya vazirligi, Boş prokuratura, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi iş olib borişi belgilangandi. Ayni vaqtda xodimlari Toşkent şahrida doimiy röyxatga olinişida imtiyozlarga ega taşkilotlar.

Özbekistonda propiska, pasport oliş, ta'lim, mehnat qiliş va