Nima uchundir ma'lum bir vaqt o‘tgach albatta baxtli bo‘ladigandek tuyulamiz. Faqat buning uchun biror nimani xarid qilish, nimagadir erishish kerak bo‘ladi. Baxtli bo‘lishni o‘rganish kerakligi esa ko‘pchilikning xayoliga ham kelmaydi. Baxt - oddiy lahzalarda ekanini anglab yetish uchun ko‘p narsalarni tushunish kerak bo‘ladi.
Psixolog Sonya Lyubomirski Marc&Angel nashridagi maqolasida baxt mavzusiga murojaat qilib, kuzatuvlari davomida aniqlagan baxtli kishilarga xos bo‘lgan 12 jihat haqida ma'lum qildi. Ayni damda qanday hayotiy davrda bo‘lishimizdan qat'i nazar, bu "baxt odatlari"ni doim amalda qo‘llash mumkin.
1. Minnatdorchilik bildiring
O‘zingizda bor narsalar uchun minnatdorlik hissi yanada chuqur hisga - baxtga aylanadi. Buning uchun hatto hech qanday xaridlarga hojat ham yo‘q. Bu juda ajoyib va asosiysi, natija beradi. Hayotda bizga in'om etilgan narsalar uchun minnatdor bo‘lmasak, o‘zimizni baxtli his qilishimiz amri mahol.

2. Optimizmni rivojlantiring
Bunday odamlar har qanday vaziyatda ijobiy kayfiyatni saqlab qolishga qodir. Muvaffaqiyatsizlikni o‘sish va hayotdan saboq olish uchun imkoniyat sifatida qabul qilish juda muhim. Ijobiy fikrlovchi kishilar dunyoga tengsiz imkoniyatlarga to‘la maydonga qaragandek qarashadi, ayniqsa og‘ir damlarda.
3. Yuzaki fikrlash va ijtimoiy taqqoslashni chetlab o‘ting
Inson o‘zini birovga taqqoslashi yaxshi emas. Agar biz boshqa birovdan "yaxshiroq" bo‘lsak, bu bizga nosog‘lom ustunlik hissini beradi. Bizning "ego"miz haddidan oshadi - bu esa yaxshilikka olib kelmaydi. Agar "yomonroq" bo‘lsak, bajargan barcha og‘ir ishlarimiz ko‘zimizga balodek ko‘rinib, yillar davomida kuzatilayotgan rivojlanishni rad etamiz. Ijtimoiy taqqoslash tabiatan nosog‘lom muhitni yuzaga keltiradi. O‘zingizni taqqoslashingiz mumkin bo‘lgan yagona odam kechagi o‘zingizdir.

4. Yaxshilik qiling
Har qanday yaxshilik miyani serotonin bilan quvvatlantiradi. Serotonin ta'sir doirasiga ko‘ra tengsizdir - sog‘liq uchun ham, baxt hissini tuyish uchun ham. Biror kishiga beminnat yordam ko‘rsatish - ichki iliqlik va garmoniyani his qilishning eng kuchli usuli. Bu nafaqat siz uchun, balki yaxshilikni kuzatayotgan odamlar uchun ham shunday. Mo‘'jizaning o‘zi, to‘g‘rimi? Darvoqe, antidepressantlar ham serotonin ishlab chiqaradi. Biroq yaxshilik ulashish antidepressantlardan ko‘ra ancha sog‘lom va samarali usuldir.
















