Kriştianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasida yana öynaşi mumkin – bu mavzuga hali nuqta qöyilmagan. Forvard faoliyatidagi 1000-golni aynan milliy jamoada urişni xohlaydi.
Jezuş u bilan hamkorlik qilişga tayyor
Ronaldusiz öynaşda davom etayotgan Portugaliya Norvegiyani mağlub etdi (2:1) va muddatidan oldin Millatlar ligasi pley-off bosqiçiga yöllanmani naqd qildi. Öyindan keyingi matbuot anjumanida esa jamoa boş murabbiyi Jorje Jezuşdan yana bir bor Kriştianu bilan boğliq vaziyat haqida söraşdi. Maʼlum bölişiça, vaziyat biroz yumşagan:
«Men uçun hali barçasi oçiq. Kriştianu öz hayotini özi hal qilişi kerak. Bölib ötgan işlarning barçasi – katta tuşunmovçilik va menimça bu vaziyatni hal qiliş oson. Agar u jamoada öynaşni davom etsa, istagan vaqtida qaytişi mumkin. Nega yöq bölsin?
Kriştianuga nisbatan heç qanday yomonligim yöq. Buning barçasini hal qiliş oson. Men xafa bölganim yöq. Uning özi hal qiladi. Bu qaçon böladimi? Bunisini men bilmayman, köramiz. Biz endigina öyinni tugatdik».
Holbuki ötgan turda Daniyaga qarşi öyindan keyingi matbuot anjumanida u bu masalada keskin fikr bildirgandi (bu Ronaldu milliy jamoa qarorgohidan ketib qolganidan keyingi ilk öyin bölgandi):
«Bu vaziyat meni öz qaraşlarimni qayta körib çiqişga majbur qildimi? Yöq, mutlaqo. Yulduzli futbolçilar böladi, ammo qoidalar hamma uçun bir xil. Men butun faoliyatim davomida doim şunday deb hisoblaganman va şunday deb hisoblaşda davom etaman».
Qaytiş federatsiya uçun ham, Ronaldu uçun ham foydali
Norvegiyaga qarşi öyindan oldinroq portugaliyalik jurnalist Migel Pereyra talkSport uçun bergan intervyusida vaziyat töğrisida atrofliça gapirgandi. Uning taʼkidlaşiça, milliy jamoadagilar va Ronaldu örtasidagi munosabatlar iliqlaşa boşlagan:
«Gap şundaki, u minglik marraga yetişi uçun yana 21 ta gol qoldi. U oxirgi golni Portugaliya safida urişni juda xohlaydi. U «An-Nasr» tarkibida osonlik bilan 15-20 gol urişni möljallagan, ammo eng asosiysi, özini, milliy jamoadagi tarixini şaraflaydigan ziyofat uyuştirişni xohlaydi. Va bölib ötgan işlarga qaramay, men bu röy berişiga işonaman».
Uning fikriça, mahalliy futbol mulozimlari Ronaldudan şunçaki voz keça olmaydi:
«Dastlabki soatlarda vaziyatga baho beriş qiyin edi. Ammo hozir men haqiqatan ham Kriştianu lageri va Jorj Jezuş lageri örtasidagi aloqalar yölga qöyilmoqda, deb öylayman. Portugaliya federatsiyasi Kriştianu atrofidagi şov-şuvdan manfaatdor. Menimça, Kriştianu keyingi yil oxirida sönggi raqsi uçun qaytadi».


















