Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining majlisi bölib ötdi. Majlisga boş vazir, Davlat komissiyasining raisi Abdulla Aripov raislik qildi.
Majlis qaroriga köra, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi (I.Madjidov), Moliya vazirligi (A.Haydarov) 2018 yil 1 sentabrga qadar fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega bölgan yoşlarni Rossiya Federatsiyasi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti”ga kiriş sinovida maqsadli iştirok etişga tayyorlaş maqsadida Özbekiston milliy universitetida 100 nafar tinglovçidan iborat 10 oylik tayyorlov kursi (öqitiş tili rus tilida) taşkil etiş, uşbu kursda tinglovçilarni öqitişni moliyalaştiriş yuzasidan taklif kiritadi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud bölgan vazirlik va idoralarning:
respublika va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining özaro kelişuvi hamda qöşma ta'lim dasturlari, jumladan qöşma fakultet doirasida talabalarni qabul qiliş tartibi hamda tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymati miqdorlarini hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasi hamda böysunuvi böyiça vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda belgilaş;
qöşma ta'lim dasturlari böyiça ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça qabul kvotalarini hamkor xorijiy oliy ta'lim muassasasi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişuv asosida mustaqil belgilaş yuzasidan taklifiga rozilik berildi.
2018/2019 öquv yili uçun super-kontrakt narxlari tasdiqlandi












