Mojaristonning (Vengriya) Bugats şahrida rang-barang etnofestival — Turkiy tilli xalqlarning katta VII Qurultoyi bölib ötdi.

Har ikki yilda bir marta taşkillaştiriladigan tadbirni «Turon-Mojariston» fondi hamda Turkiyaning hamkorlik va muvofiqlaştiriş böyiça agentligi (TIKA) qöllab-quvvatladi, deb yozadi Dailysabah.

Tadbirga taklif etilgan mehmonlar qatorida Vengriya milliy majlisi spikeri Laslo Kever etno-madaniy festival qatnaşçilarini hunlarning buyuk imperiyasi yetakçisi — Atillaning izdoşlari deb atagan.

Kever madyarlarni «Şarqning eng ğarbiy xalqi», deb atagan va uning mamlakati heç qaçon qardoş şarqiy xalqlarni unutmasligini ta'kidlab ötgan.

Parlament spikeri Turkiy tilli xalqlarning katta qurultoyi 2008 yildan buyon ötkazilayotganini ta'kidlab, madyar xalqi tarixini buzib körsatişga urinayotgan doiralarga öziga xos ramziy murojaat ekanligini ta'kidlab ödti. «Vengrlar haqidagi soxta ma'lumotlar va ularning çin ildizlarini yaşirişga urinişdan ma'lum bir doiralar asl maqsadi yölida foydalanmoqçi», — dedi Kever.

Vengriyada bölib ötgan mazkur festivalda 27ta turkiy tilli xalqlarning vakillari iştirok etişdi.

Vengrlarning ongida Markaziy Osiyo doimo ota yurt sifatida qadrlab kelingan, asrlar oşa madyarlar özining kelib çiqişini aynan mana şu mintaqa bilan boğlab keladi, degan spiker.

Bugatsda ötkaziladigan qurultoy — teatrlaştirilgan şou-dasturlar, musiqiy çiqişlar, arxeologik-atropologik körgazmalar, hunarmandlar yarmarkasidan iborat keng qamrovli tadbir hisoblanadi.

Qurultoyning rasmiy sayti özbek tilida ham yuritiladi.