Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning “Respublikada seleksiya-naslçilik işlarini olib boriş tizimini tubdan takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatda qayd etilişiça, ötkazilgan örganiş va tahlillar çorvaçilikning barça tarmoqlarida seleksiya-naslçilik işlari va aholi xonadonlaridagi sigirlarni sun'iy uruğlantiriş, içki iste'mol bozorini uzluksiz ravişda sifatli göşt va göşt mahsulotlari bilan ta'minlaş va uning narxini barqarorligini ta'minlaş borasida qator tizimli muammolar saqlanib qolayotganligini körsatgan.
Ular qatorida:
birinçidan, çorvaçilikda seleksiya-naslçilik va aholi xonadonlaridagi sigirlarni sun'iy uruğlantiriş işlarini muvofiqlaştiruvçi yagona tizim yaratilmagan;
ikkinçidan, joylarda sun'iy uruğlantiriş bilan şuğullanuvçi mutaxassislar qönimsizligi, sun'iy uruğlantiriş şaxobçalari bino, dyuar idişlari va boşqa zarur vositalar bilan yetarli darajada ta'minlanmaganligi natijasida bu boradagi işlarning natijadorligi past darajada qolgan;
uçinçidan, sigirlarni sun'iy uruğlantirişning afzalliklari, aholining öz qaramoğidagi sigirlarni sun'iy uruğlantiriş, qöy va eçkilarning zotini yaxşilaş hisobiga ularning mahsuldorligini oşirişga bölgan qiziqişi va tuşunçasi orttiriş böyiça tarğibot-taşviqot işlari yetarliça olib borilmagan;
törtinçidan, çorvaçilikning barça tarmoqlarida naslçilik seleksiya işlarini yaxşilaş böyiça qabul qilingan dasturlarning bajarilişi ustidan tizimli nazorat örnatilmagan;
beşinçidan, sohada davlat va xususiy hamkorlik masalalari talab darajada yölga qöyilmaganligi sun'iy uruğlantiriş sub'yektlarini zarur jihozlar bilan ta'minlaş darajasining pastligiga sabab bölmoqda;
oltinçidan, bugungi kunda amaldagi tizim faqat qoramollarni suniy uruğlantiriş bilan çeklanib, sohaning qöyçilik, eçkiçilik, yilqiçilik, quyonçilik va boşqa tarmoqlarida naslçilik işlari deyarli olib borilmagan;
yettinçidan, respublikada yirik va mayda şoxli mollarni bördoqiga boqişga ixtisoslaşgan xöjaliklar va yirik komplekslar soni mavjud ehtiyojini töliq qoplamaydi.












