30 iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan Nurafşon şahri Yoşlar markazida tadbir bölib ötdi. Unda yoş şoira Zilola Şomurodovaga Prezident sovğalari topşirildi.

Zilola Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi 35-maktabning 5-sinfida öqiydi. 2017 yilda uning “Onajonimga sovğa” nomli birinçi kitobi çop etilgan. Şoira qiz “Kamalak yulduzlari” tanlovining tuman va viloyat bosqiçlari ğolibi bölgan. “Yoş kitobxon” körik-tanlovining viloyat bosqiçiga yöllanma olgan.

Zilola yaqinda yurtimiz haqida şe'r va samimiy tilaklari bildirilgan xat yozib, Prezident Şavkat Mirziyoyev nomiga yölladi. Köp ötmay, davlatimiz rahbaridan Zilola Şomurodovaga javob xati keldi.


Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Xayriddin Sultonov mazkur xatni öqib eşittirdi. Prezidentning yoş şoiraga yöllagan maktubida şunday jumlalar bor:
“Murğak yuragingda şu yurtga daxldorlik, çinakam vatanparvarlik, çeksiz sadoqat va muhabbat tuyğulari jöş urib turganini his qilib, juda mamnun böldim.
Ona Vatanimizning işonçini oqlaş, xalq xizmatiga hamişa şay turişni oliy maqsad bilib voyaga yetayotgan, şu yölda tinimsiz izlanib, öqib-örganib, har jabhada tengdoşlariga örnak va namuna bölib kelayotgan bolalarimiz xalqimizning faxri-iftixoridir.

Sen kabi ming-minglab farzandlarimning baxtini men özimning baxtim, deb bilaman”.
Bu mamlakatimizda har bir inson, har bir murojaat e'tiborda ekanining yana bir isboti böldi. Prezidentimiz maktubi şoira qizga, oilasiga katta xursandçilik bağişladi.
Zilolaning otasi Muzaffar Rahimov ustaçilik bilan şuğullanadi, onasi Lobar Qöçqorova uy bekasi.













