Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo hajmi rekord körsatkiçni qayd etmoqda. Turkiyaning Toşkentdagi elçisi Başar Şen ma'lumotiga köra, bu raqam yil yakuniga qadar qariyb 2 milliard dollardan oşişi kutilmoqda.
Elçining Anadölu agentligiga bergan intervyusida ikki mamlakatning savdo munosabatlarida keskin özgariş bölişi, tez orada savdo hajmi 5 milliard dollarga yetişi haqida söz boradi.
Şen mamlakat Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning turk tadbirkorlarini Özbekistonga faol çorlayotganini ta'kidlab, bu yerda heç qanday «FeTO»ga aloqador tuzilma yöqligini aytadi.
«Taşkilot maktablari Özbekistonda yopilgani bizni xursand qiladi», deydi elçi.
Unga köra, «FeTO» maktablari 1999 yildan buyon Özbekistonda faoliyatini töxtata boşlagan. Bu jahon hamjamiyati içida Özbekistonning uzoqni köra bilganini ham anglatadi.












