Bugun, 20 avgust kuni Vazirlar Mahkamasida Qurbon hayitini munosib nişonlaş masalasiga bağişlangan videoselektor majlisi bölib ötdi. «Kun.uz»ga ma'lum qilişlariça, majlisni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov olib borgan.
«Majlisda xalqimizning ma'naviy hayotida alohida örin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu ğoyalarini yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz Qurbon hayitini keng bayram sifatida nişonlaş bilan boğliq masalalar körib çiqildi», deyiladi xabarda.
Qurbon hayitini joylarda kötarinki ruhda, tartibli va xalqning milliy qadriyatlariga mos ravişda ötkaziş, hayit namozi öqiladigan barça masjidlarda fuqarolarning ibodat qilişlari uçun zarur şart-şaroitlar va imkoniyatlarni yaratiş, erta tongdan jamoat transport qatnovini taşkil etiş, masjidlar atrofida avtomobillar vaqtinça turar joylarni hozirlaş yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegişli körsatmalar berilgan.
Şu bilan birga, boş vazir tomonidan har bir tuman, mahalla, ovul va qişloqlardagi yordamga muhtoj nogironlar, yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotgan fuqarolar, kam ta'minlangan oilalarga hamda «Mehribonlik», «Muruvvat», «Saxovat» uylariga moddiy va ma'naviy yordam körsatiş yuzasidan tegişli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklarga topşiriqlar berilgan.
Şuningdek, bozorlarda savdo xizmatini yuqori saviyada taşkil etiş, istirohat boğlari, odamlar gavjum böladigan joylarda aholi uçun barça zarur şart-şaroitlarni yaratiş lozimligi ta'kidlandi.
Majlisda hukumat a'zolari, viloyat hokimlari, tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari hamda mas'ul xodimlari iştirok etgan.








