Boş vazir iştirokidagi YTH yuzasidan Boş prokuratura matbuot xizmati ham ma'lumot berdi.
Axborotda boş vazir örinbosari Alişer Sultonov nisbatan jiddiyroq jarohat olganini, umuman, YTH oqibatida boş vazir va uning örinbosari bilan birgalikda jami 6 kişi tan jarohati olgani ma'lum qilingan.
«20 avgust kuni soat 9:30 larda, «Qorasuv—Böka—Bekobod» avtomobil yölining 92-kilometrida, Baxtiyor Saidov boşqaruvidagi «Damas» rusumli davlat raqam belgisi 10 U 945 LA bölgan avtomaşinani işonçnoma orqali boşqarib, Bekobod tumani, Zafar qörğoni tomonidan Bekobod şahar tomonga harakatlanib, boşqaruvni yöqotgan holda yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketib, haydovçi Rustam Tolipov boşqaruvidagi «Mersedes-Benz» rusumli davlat raqam belgisi 01 215 AVA bölgan xizmat avtomaşinasining çap yon tomon örta qismiga urilib, yöl transport hodisasi sodir etgan.
Tibbiyot ma'lumotnomasiga köra, yöl transport hodisasi oqibatida «Mercedes-Benz» rusumli xizmat avtomaşinasi salonida bölgan Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovda tibbiy muolaja talab etilmaydigan yengil şikast, boş vazir örinbosari Alişer Sultonovda çap son suyagi çiqişi, çanoq kosaçasi yopiq sinişi, kökrak qafasi 7-10 qovurğalari yopiq sinişi, boş tepa sohasi lat yeyişi, Prezident devoni mas'ul xodimi U.Qurbonovda öng qöl bilak suyagi yopiq sinişi kabi tan jarohatlar, haydovçi Rustam Tolipovda boş tepa sohasi hamda öng yelka, öng bilak oçiq böğimi yumşoq töqimalari lat yeyişi kabi jarohatlar aniqlangan.
Şuningdek, yöl-transport hodisasi oqibatida «Damas» avtomaşinasi haydovçisi B.Saidovda peşona sohasi lat yeyişi, yölovçi A.Meliboyevda öng umrov suyagini yopiq sinişi kabi jarohatlar aniqlangan. Alişer Sultonov, U.Qurbonov, Baxtiyor Saidov, A.Meliboyev şifoxonaga joylaştirilib, ularga zaruriy tibbiy muolajalar körsatilmoqda. R.Tolipovga tegişli tibbiy yordam körsatilgan.
Mazkur yöl transport hodisasi yuzasidan Boş prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda», deyilgan xabarda.
Bundan avvalroq «Özbekneftgaz» matbuot xizmati boş vazir örinbosari Alişer Sultonovga jiddiy şikast yetmagani haqida xabar tarqatgandi.
Boş vazir Abdulla Aripov esa Bekoboddagi YTH haqidagi








