20 avgust kuni Özbekiston hukumati rahbariyati korteji Toşkent viloyati Bekobod tumani hududida yöl-transport hodisasiga uçradi. Bu ma'lumotni «Kun.uz»ning bir neça manbalari tasdiqladi.

Aniqlik kiritilişiça, Bekobod tumaniga ketayotgan kortej Dehqonobod MFY yaqinida avariyaga uçragan. 

Uşbu YTH oqibatida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va uning örinbosari, «Özbekneftgaz» kompaniyasi boşqaruvi raisi Alişer Sultonov jarohat olgan.

Manba ma'lumotiga köra, kortejning boş qismidagi Alişer Sultonov bölgan avtomobil jiddiy şikastlangan, boş vazir örinbosari hamda uning yonida bölganlar tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ayni vaqtda ular şifokorlar nazoratida bölib turibdi.

Boş vazir Abdulla Aripov mingan avtomobil esa kortejning orqaroğida bölgan va YTH vaqtida jiddiy şikastlanmagan. Aripov va uning yonidagi yana bir kişi ham yengil tan jarohati olgan, ularning salomatligi barqaror holatda.

Boş prokuraturadan «Kun.uz»ga tasdiqlaşlariça, qarama-qarşi yönalişda harakatlangan «Damas» rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotib, kortejga urilişi oqibatida yöl-transport hodisasi yuzaga kelgan.