Ramon Monçi - jahon futbolidagi eng maşhur sport direktorlaridan biri. Bu sohada özini körsata olgan önlab nomlar bor, lekin aynan Monçining «Roma»ga ötişi xuddi futbol yulduzining transferidek ovoza bölgandi. Yaqinda esa, «Mançester Yunayted» öziga sport direktori axtarayotgani haqidagi xabarlar ketidan, asosiy nomzod sifatida aynan Ramon Monçining ismi yangradi. Işonasizmi, bu xabarni dunyoning eng maşhur klubi frontida köpçilik, xuddi Messi yoki Neymar transferi singari, olib keliş imkonsiz bölgandek qabul qildilar. Monçi - superyulduz.
globallookpress.com/Silvia Lore/ZUMAPRESS.com
«Sevilya»dagi 16 yil davomida Monçi öziga xos imperiya yaratdi, deyarli noldan skautlar bölimini işga tuşirdi, iste'dodlarni topib, ularni ikki yuz million yevrodan ortiq farq bilan sotişga ham muvaffaq böldi. «Sevilya«»dagi davrda u 105 millionga futbolçi sotib olgan bölsa, jami 340 million yevroga futbolçilarni sotib daromad qildi.
Monçining eng qimmat topilmalari orasida Dani Alveş («Barselona»ga 35 million yevroga), Karlos Bakka («Milan»ga 30 million yevroga), Xose Antoni Reyyes («Arsenal»ga 30 million yevroga), Gjyegoj Krixovyak («PSJ»ga 28 million yevroga) va Serxio Ramos («Real»ga 30 million yevroga) va boşqalarni tilga oliş mumkin. Körsatilgan narxlar bugungi bozor uçun ança sodda körinişi mumkin, lekin masalan Reyyes transferi bundan 15 yillar oldin sodir bölib, öşa davrda «Arsenal»ning rekord transferi bölgandi. Dani Alveş uçun «Barselona» tölagan 35 million yevro ham 10 yil oldin himoyaçi uçun juda katta narx bölgan edi.
Moliyaviy daromadlar bilan bir qatorda Monçi davrida «Sevilya» futbol maydonida ham muvaffaqiyat qozondi - sönggi 31 yilda heç narsa yutmagan klub, Monçi davrida 9ta sovrinni qölga kiritdi. Hammasi «Monçi metodi» tufayli.
Futbolçi haqida imkon qadar köproq ma'lumot yiğadi
Insidefoto/imago sportfotodienst
«Sevilya»da Monçining bölimi 16 kişidan iborat edi. Dastlabki 5 oyda ular maksimal darajada futbol tomoşa qilişar va ma'lumot yiğişardi. Asosiy e'tibor Fransiya çempionatiga qaratilgandi. «Liga 1 - qoniqarli narx va yuqori sifatning uyğunligi», - deb işonadi Monçi. Juda köp iste'dodlarni aynan Fransiyadan topişdi: Kanute, Krixovyak, Kondogbia, Keyta..
Har oy yakunlari böyiça skautlar har bir pozitsiya böyiça 11 nafar eng yaxşi futbolçilardan iborat ramziy terma jamoa tuzadi. Dekabrdan boşlab, ular mana şu ramziy tarkibga köproq kirgan futbolçilarni yanada daqiqroq kuzata boşlaydilar. Har bir futbolçining öyin uslubi, şaxsiy fazilatlari örganiladi, safarda qanday öynaydi, uyda qanday özini körsatadi, xalqaro öyinlarda özini qanday tutadi, mağlubiyatlarga nisbatan munosabati qanday böladi va hokazo. Yakuniy ruyxatdagi har bir futbolçini stadiondan turib kamida 10 öyinda tomoşa qilişadi.
Natijada, «Sevilya»da yuzlab futbolçilar haqida töliq ma'lumotlar mavjud böladi. 2016 yilda The Guardian naşri Monçi haqida material qilganida, u jurnalistga skautlar bölimi kuzatayotgan futbolçilar jadvalini körsatgan - u yerda 250 futbolçining ismi bor edi.
Bunday keng tanlov eng tor kriteriyalar böyiça ham kerak bölganda futbolçini topiş imkoniyatini yaratadi. «Masalan, menga har ikki oyoqda öynay oladigan, bir öyinda örtaça 11 km, 800 metrga esa yuqori tezlikda yugura oladigan çap qanot himoyaçisi kerak. Bunday talabga ruyxatimdagi 10 futbolçi javob beradi», - deydi Monçi.
Katta-katta jadvallarda «adaşib» qolmaslik uçun skautlar qiziqiş darajasiga qarab futbolçilarni A dan Ye gaça belgilab çiqadilar. Har birining ma'nosi bor, masalan, A - mukammal variant, V - yana bir kuzatiş kerak va hokazo. Balki, şuning uçun ham Monçi aynan «Roma»ni tanlagandir, çunki u yerda ham juda köp ma'lumotlarni yiğişga va tahlil qilişga qiziqişadi. «Roma»da analiz bölimini 2017 yil yozgaça kimsan Luka Born boşqargandi. Born keyinçalik NBAga bordi va «Sakramento Kingz»ning strategiya va analiz böyiça vitse-prezidenti bölib, parallel ravişda Simo Freyzer Universitetidagi statistika kafedrasi dotsentiga aylandi.
Şaxsan gaplaşmagunça futbolçini sotib olmaydi
Miquel Llop/ZUMAPRESS.com
Statistika va ma'lumot yiğişga bölgan mehrdan qat'i nazar, Monçi uçun eng muhimi - yuzma-yuz gaplaşiş. «Sevilya» biror futbolçi bilan jiddiy qiziqib qolsa, Monçi bu futbolçining öyiniga kelar va uning özi bilan gaplaşib körardi. 2015/16 yilgi mavsumning özida u 20 marotaba Fransiyaga bordi. Şunçaki, potensial nomzodlar bilan suhbatlaşib köriş uçun.
«Men futbolçining çin dildan bizda öynaşni istayotganiga amin bölişim kerak. Xato qilmaslikning eng muhim şarti özaro muloqotdir», - deb öz tajribasi bilan örtoqlaşadi Ramon Monçi.
U futbolçining jamoadoşlari, klubdagi personal, oila a'zolari bilan ham gaplaşib köradi va hatto ba'zida futbolçining uyida mehmon bölişi mumkin. 2013 yilda u Kevin Gameyroning uyiga mehmonga borgandi, masalan. Muloqot foydali keçdi, bir neça oy ötib Gameyro «PSJ»dan «Sevilya»ga köçib ötdi. Agar şaxsan uçraşişning imkoni bölmasa, kamida telefonda suhbatlaşiladi.
Muloqotning sönggi bosqiçi Monçining kabinetida bölib ötadi va u yerda asosan maişiy masalalar haqida kamida önta savol beriladi. Futbolçi uçun bu oddiy bir e'tiborsiz suhbatdek ötişi mumkin, lekin Monçi uçun juda muhim, har bir detal e'tibordan çetda qolmaydi. Masalan, u oşxonada tortiladigan u yoki bu taom yoki göşt haqida savol beradi va futbolçining fikri söraladi. Agar futbolçi aksariyat savollarga «yoqmaydi» deb javob bersa, bu ham öziga xos signal - futbolçi biroz injiq, u bilan işlaş oson bölmasligi mumkin.
Odatda, Monçi futbolçilar bilan tarjimonsiz gaplaşadi. Ispançadan taşqari, u fransuz tilini mukammal biladi, ingliz tilida ham gaplaşa oladi. 2014 yilda u yarim yil Londonda yaşab, inglizçasini yaxşilaş va Angliyadagi skautlarning işi bilan yaqindan tanişiş bilan şuğullangandi. Ingliz klublari bilan munosabatlarni yangi bosqiçga çiqariş uçun tilni biliş juda muhim deb hisoblagandi. Natijada, aksariyat futbolçilarini aynan ingliz klublariga sotişga muvaffaq böldi.
Futbolçini qiziqtira oladi
REUTERS/Alberto Lingria
«Sevilya» öziga yaraşa donor-klub hisoblanadi, asosan iqtidorli futbolçilarni qidirib topiş, kuçaytirib, qimmatroqqa sotiş bilan şuğullanadi. Bunday modelda unga ikki xil raqobatçi bölişi mumkin - boşqa donor-klublar va top-klublar. Monçi doim ular bilan qanday raqobatlaşişni yaxşi bilgan.
Agar futbolçi boşqa bir donor-klub tomonidan ham qiziqtirilayotgan bölsa, Monçi unga Sevilyadagi hayot darajasining yuqori ekani va bu yerda sovrinlar uçun ham kuraşiş imkoniyati borligi bilan maqtanadi. Asoslar yetarli, «Monako» yoki Portugaliya, Gollandiya klublaridan farqli ravişda, «Sevilya» 21-asrning özida 6 marta yevrokuboklarni yutdi. Monçi futbolçini sotişlar emas, yutuqlar köproq qiziqtirişini yaxşi biladi. Muvaffaqiyatlar bölmasa, jalb qiliş imkonsiz.
Va albatta, maoş masalasi. Monçi boşqa donor-klublarga nisbatan köproq maoş tölaşga rozi böladi.
Klub prezidenti va murabbiy bilan juda yaxşi munosabatni uşlaydi
Transfer oynasi oçilişi oldidan Ramon «Sevilya» boş murabbiyi bilan uçraşadi va qaysi pozitsiyalarni kuçaytiriş lozimligi haqida fikrlaşadi. Odatda ular pozitsiya va xarakteristka haqida gaplaşadilar, nomlar töliğiça sport direktori ixtiyorida qoladi. Ba'zida istisnolar ham bölib turadi, masalan, 2015 yilda Monçi Fernando Lorenteni aynan Unai Emerining iltimosiga binoan sotib olgandi. Monçi ruyxatdagi futbolçilarni havola qilgan, ular içidan Emeri tanlangandi. Ya'ni, sönggi söz boş murabbiyda qolgan edi.
Muzokaralar oldidan Monçi klub prezidenti bilan maslahat qiladi. 2003-2013 yillarda «Sevilya»da bu lavozimda Xose del Nido bölgandi. Ular futbolçining qançalik zarurligi va u uçun neça pul tölaş mumkinligi haqida fikrlaşadilar. Munozaralar köp çözilmasdi, çunki Del Nido öz sport direktoriga töliq işonardi.
«Xose men bilan doim maslahatlaşadi va menga quloq soladi. U heç qaçon meni biror futbolçini olişga majbur qilmagan yoki mendan xabarsiz biror futbolçini sotib olişga urinmagan. Erkinlik va töliq işonç men uçun muhim, şuning uçun Sevilyadagi ilk kunimdan boşlab men zavq bilan işlaganman», - deydi Monçi.
Aynan şuning uçun ham Monçi Sevilyada juda köp qolib ketdi, zero uni bir neça martalab «Real» ham, «Barselona» ham çaqirgandi.
Muvaffaqiyatsizliklar
Gettyimages.ru/Maurizio Lagana
Ba'zida jiddiy sinovlardan keyin ham xatolar bölişi mumkin, bu tabiiy.
«Bir oy «Sevilya»dagi hayotdan keyin Konoplyanka özini balkondan taşlamoqçi bölgan. Yoki Aruna Kone - u bizning eng qimmat transferimiz bölgandi, lekin 41 öyinda atigi 2 gol urdi. Kuçsizroq bölgan «Levante»ga ötib esa, 17ta gol muallifiga aylandi. Men transferlardan oldin futbolçini yaqindan bilişni istayman, ammo ba'zida kutilmagan holatlar bölib turadi».
Monçi uslubi yillar davomida tajribadan ötgan, lekin ba'zida omadsizliklar ham bölib turadi. Eng yangi va yorqin misol - Malkom. Uni sönggi daqiqalarda «Barselona» ilib ketib qoldi.
Monçining yana bir mağlubiyati - Robin van Persi. 2004 yilda «Sevilya» gollandiyalik hujumçi bilan deyarli kelişuvga erişgan va «Feyyenord» bilan barçasini hal qiliş uçun bir qadam qolgandi. Ammo sönggi pallada «Arsenal» aralaşdi va hujumçi Londonni tanladi. Şundan keyin Van Persining har muvaffaqiyati Monçiga «qattiq botgan» va bu haqida u doim hazillaşib gapirişni yaxşi köradi.
Ba'zida Monçining özi ham xatoga yöl qöygan. 2009 yilda u öşa paytlarda «Saragosa»da öynab yurgan Gabini kuzatgan. Ammo töliq ma'lumotlar yiğilib, suhbat ötkazilgaç, Ramon Gabining «Sevilya» öyiniga mos emasligini aytib, ajoyib yarim himoyaçidan voz keçgandi. Bir neça yil ötib, Gabi «Atletiko»ga ötdi va u yerda La Ligani yutdi, Çempionlar Ligasi finalida öynadi, jamoa sardoriga aylandi. Monçi haligaça aynan Gabi uning eng katta xatosi bölganini tan oladi.
Sports.ru materiali asosida Qahramon Aslanov tayyorladi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi