AQŞ va Meksika savdo haqidagi kelişuvga erişdi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

Trampning aytişiça, yangi bitim tuzilgandan keyin AQŞ, Kanada va Meksika örtasida amal qilgan Şimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA) haqidagi kelişuv nomi özgartiriladi.

“Biz Meksika bilan savdo bitimidan keyin NAFTA nomidan xalos bölamiz”, deb aytgan Tramp.

Şuningdek, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Tramp bilan NAFTA böyiça muzokaralar ötkazgan.

“Boş vazir AQŞ prezidenti Tramp bilan NAFTA böyiça sermazmun suhbat ötkazdi. Yetakçilar Meksika bilan erişilgan kelişuvni qutlaşgan va muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlaş maqsadida öz vakillarining joriy haftada uçraşişlarini sabrsizlik bilan kutişmoqda”, deb aytilgan Kanada tomoni bergan bayonotda.

Meksika va AQŞ örtasida erişilgan kelişuv ortida 27 avgust kuni AQŞ fond indekslari rekordlarni yangilagan. Meksika pesosi dollar bilan birga rivojlanayotgan davlatlar valyutalari orasida eng yuqori sur'atlar bilan qimmatlaşmoqda. Pesoning kursi 1,4 foizga, ya'ni bir dollarga 18,64 pesogaça oşgan.

AQŞ, Meksika va Kanada örtasidagi savdo kölami yiliga 1 trln dollardan oşadi. Savdo munosabatlarining asosiy hajmi NAFTA ta'siri ostiga tuşadi. Trampning fikriça, hozirgi körinişdagi NAFTA kelişuvi AQŞga foydasizdir.

Ayni vaqtda NAFTA dunyodagi eng yirik mintaqaviy erkin savdo hududi hisoblanadi. U AQŞ iqtisodiyotining turli sohalarida savdo tösiqlarini kamaytiriş maqsadida 1994 yilda taşkil etilgan.