Engelberg deraza rom tizimini sotib olganingizda nima uçun pul tölaysiz?

Foto: Engelberg 

Premium-klass romlarning oddiy romlardan farqi nimada? Şveytsariyaning Engelberg kompaniyasi mutaxassislari qimmat romlarini xarid qilganlar pul mablağlarini nimada tejaşlari töğrisida sözlab beradilar.

Foydalaniş jarayonida şamol va harorat ta'siri natijasida rom şakli özgarişi mumkin. Aksariyat hollarda romlarni tuzatiş uçun oldin ularni yeçib oliş kerak. Montaj-demontaj işlari esa kiçik hajmdagi ta'mirlaş işi bölib, çang, montaj köpigi, devordagi deraza örnidagi teşiklarni berkitiş kabilardan iborat böladi. Bunga oynalarni tuzatib, örniga örnatgunça vaqt, şuningdek rejadan taşqari vaqt va mablağlarning sarflanişi – sizni quvontirmaydi, albatta.

Foto: Engelberg 

Engelberg premium-klass deraza romlari egalari bunday favqulodda hodisalardan xoli. Ular atigi bir marta pul tölab, oynalardan muammolarsiz köp yillar davomida foydalanadilar. Foydalanilgan materiallar va sifatning alohida standartlaridagi farq:

  1. Taşqi devorlarining qalinligi 2,8 mm dan ortiq bölgan «A» sinfi profili. Oddiy romlarning mazkur körsatkiçi pastroq böladi. Profil qançalik keng bölsa, şunçalik konstruksiya mustahkam böladi, burçaklardagi payvandlaş çoki qalinroq, mahkamlangan joylar va xizmat muddati işonçliroq böladi.
  2. Premium-xomaşyo. Engelberg oynalarida EDPM-kauçukdan tayyorlangan rezina ziçlagiç qöllanilgan bölib, ular iqlimning har qanday özgarişiga çidamli. Bunday rezina ziçlagiçlar uyingizni köp yillar davomida çang, şovqin va namlikdan himoya qiladi, furnitura xizmat muddatini uzaytiradi.
  3. Köp kameralilik. Oynaning kameralari qança köp bölsa, u xonadagi mikro iqlimni şunçalik uzoq saqlab turadi, şuningdek taşqi şovqinlardan xoli qiladi. Sizga ham jazirama issiq, ham sovuq, ham köçadagi şovqinlar xalal bermaydi, yopiq oynalar ortida nima bölayotganini qöşnilar bilişi şart emas.
  4. Tutaştirilgan metall-asos. Engelberg profilining içki qismida yöğonligi 2 mm bölgan pölat metalldan tayyorlangan kuçaytirgiç ötkazilgan. U oynani şamolning şiddati, yuqori yuklamalar va haroratning keskin özgarişlariga çidamli, turğun qiladi. Bunday oynalar ta'mirlaşni talab qilmasdan, 50-80 yil xizmat qiladi.