Osiyo öyinlarining ön uçinçi kunida sambo böyiça bahslar ötkazilmoqda.
Erkaklar örtasidagi musobaqada Özbekiston şarafini -52 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Islom Ahmedjanov ilk bahsdayoq tojikistonlik raqibi Jomi Hasaniydan yengildi (0:4). Jomi Hasaniy yarim finalga yetib borgaç, Ahmedjanovda bronza uçun ötiş öyinlarida iştirok etiş imkoniyati paydo böldi.
Şundan söng u 3 bosqiçdan iborat ötiş öyinlarida qatnaşdi. Ahmedjanov avvaliga eronlik Sohil Jamalabadiy ustidan ğalaba qozondi (2:0), keyingi bosqiçda indoneziyalik Mavlana Muttaqindan ustun keldi (4:0). Final bosqiçida esa yaponiyalik Kota Yamamotoga qarşi gilamga çiqqan Islom Ahmedjonov yana ğalaba qozondi (4:0).
Endi u bronza medali uçun qozoğistonlik Beymbet Kanjanovga qarşi gilamga çiqadi.
Şu vazn toifasidagi yana bir özbekistonlik samboçi Ahmad Rahmatulloyev nimçorak finalda indoneziyalik Muhammad Vahyudi tösiğidan ötdi (3:1). Ammo çorak finalda qozoğistonlik Beymbet Kanjanovga mağlub böldi (1:3). Şundan söng bronza medal uçun ötiş bahslarida iştirok etgan Rahmatulloyev avvaliga tojikistonlik Somon Sangov bilan bellaşdi va ğalaba qozondi (3:0). Uning ikkinçi bosqiçdagi raqibi suriyalik Husn Munir böldi. U bu raqibini ham taslim etdi (3:0).
Endi u bronza medal uçun tojikistonlik Jomi Hasaniy bilan bellaşadi.
Bundan avvalroq Özbekiston sambo jamoasining ikki vakili, -48 kg vazn toifasida turnirga kelgan Madina Turğunboyeva va Nodira Gulova özaro kuraş olib borişi ma'lum bölgandi.








