Bugun, 31 avgust kuni Osiyo öyinlarida özbekistonlik samboçilar ham bahslarga qöşildi. Özbekiston sambo jamoasining 4 nafar vakili öz imkoniyatini sinovdan ötkazmoqda.

-48 kg vazn toifasidagi Nodira Gulova nimçorak finalda vetnamlik San Ti Hongni osonlik bilan mağlub etdi (4:0). Ammo çorak finalda möğulistonlik Oydovçimed Basansurenga imkoniyatni boy berib qöydi (0:2). Şundan söng, Gulova bronza medali uçun ötiş bahsida qatnaşdi. U qozoğistonlik Nazgul Yelmuratovaga qarşi gilamga çiqib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi. Uning bronzaga ötişdagi ikkinçi raqibi qirğizistonlik Anara Jumali qizi böldi. Gulova bu raqibini ham 3:0 hisobida mağlub etdi va bronza uçun gilamga çiqadigan böldi.

Özbekistonning şu vazn toifasidagi ikkinçi vakili Madina Turğunboyeva nimçorak finalda turkmanistonlik Ayna Zaripov ustidan ğalabaga erişdi (4:0). Çorak finalda esa u eronlik Elham Bahramiy tösiğidan ötdi (4:0). U yarim finalda möğulistonlik Narantsetseg Ganbatar bilan bellaşdi va 0:4 hisobida yutqazib qöydi.

Endi u bronza medal uçun Nodira Gulovaga qarşi gilamga çiqadi.