Indoneziyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida Özbekiston sambo jamoasi ikki medal oldi.

Özbekiston jamoasining -48 kg vazn toifasida turnirga taşrif buyurgan vakillari Nodira Gulova hamda Madina Turğunboyeva bronza medal uçun özaro gilamga çiqdi. Ikki özbekistonlik sportçi örtasidagi bahsda Nodira Gulovaning 3:0 hisobidagi ğalabasi qayd etildi va u Osiyo öyinlari bronza medali sovrindoriga aylandi.

Gulova nimçorak finalda vetnamlik San Ti Hongni osonlik bilan mağlub etdi (4:0). Ammo çorak finalda möğulistonlik Oydovçimed Basansurenga imkoniyatni boy berib qöydi (0:2). Şundan söng, Gulova bronza medali uçun ötiş bahslarida qatnaşdi. Avvaliga qozoğistonlik Nazgul Yelmuratovani, söng qirğizistonlik Anara Jumali qizini yenggan Gulova bronza uçun gilamga çiqiş imkoniyatini qölga kiritdi.

Madina Turğunboyeva nimçorak finalda turkmanistonlik Ayna Zaripovani, çorak finalda esa eronlik Elham Bahramiyni yengdi. U yarim finalda möğulistonlik Narantsetseg Ganbatar bilan bellaşdi va 0:4 hisobida yutqazib qöygan va bronza uçun kuraşadigan bölgandi.

Bugungi bahslarda yana ikki nafar özbekistonlik samboçi bahslarda iştirok etdi. 

-52 vazn toifasidagi Ahmad Rahmatulloyev esa bronza uçun tojikistonlik Jomi Hasaniy bilan kuraşdi va 2:0 hisobidagi ğalabaga erişib, Osiyo öyinlari sovrindoriga aylandi.

Ahmad Rahmatulloyev nimçorak finalda indoneziyalik Muhammad Vahyudi tösiğidan ötdi (3:1). Ammo çorak finalda qozoğistonlik Beymbet Kanjanovga mağlub böldi (1:3). Şundan söng bronza medal uçun ötiş bahslarida iştirok etgan Rahmatulloyev avvaliga tojikistonlik Somon Sangov bilan bellaşdi va ğalaba qozondi (3:0). U ikkinçi bosqiçda raqibi suriyalik Husn Munirni ham taslim etdi (3:0) va bronza uçun kuraşiş imkoniyatini qölga kiritdi.

Özbekiston şarafini -52 kg vazn toifasida himoya qilgan yana bir samboçi Islom Ahmedjanov esa bronza medal uçun qozoğistonlik Beymbet Kanjanov bilan bellaşdi va 0:2 hisobida mağlub böldi.

Qayd etiş kerakki, Ahmedjanov bronza uçun janggaça 4 marta gilamga çiqqandi.

U ilk bahsdayoq tojikistonlik raqibi Jomi Hasaniydan yengildi (0:4). Jomi Hasaniy yarim finalga yetib borgaç, Ahmedjanovda bronza uçun ötiş öyinlarida iştirok etiş imkoniyati paydo böldi.