Agar biror yomon narsa sodir bölsa, odam öz xavotiridan yaşirinib, bari öz joyiga kelişini kutadi. Bu köproq baxt va kamroq oğriqqa erişiş yölidagi normal reaksiya. Biroq agar salbiy tuyğular uzoq davom etsa, ulardan berkinişga harakat qilib, yaşamay qöyamiz.

Yomon vaqt ötib ketişini bombadan qoçiş joyida kutib ötirmaslik uçun undan maksimal darajada foyda oliş lozim.

Foto: Unsplash

1. Salbiy holatni ösiş imkoniyati sifatida qabul qiling

Har qanday salbiy xavotir töğri qabul qilinsa, sizni köp narsaga örgatişi mumkin. Işdan ketiş sizga köproq mos keladigan kasbni tanlaşda turtki böladi. Yaqin inson bilan ajraşiş yangi sifatli munosabatlarga örin böşatadi.

Kasallik köp narsalarni notöğri qilayotganingizni aytadi. Iş bilan bandsiz, salomatligingizga e'tibor bermayapsiz, oilangiz va özingizga vaqt ajratmayapsiz, juda köp xavotirga tuşyapsiz. Köpinça kasalliklar odamlarda öz nuqtai-nazarlarini özgartiradi, ular özlari haqida ğamxörlik qilib, vaqtlarini köproq yaqinlari bilan ötkazişni boşlaydilar.

Har qanday yoqimsiz holat – sizning öqituvçingiz. Biroq saboqni tuşuniş uçun unga oçiqlik bilan munosabatda bölişingiz lozim.

Foto: Unsplash

2. Yaşirinmang, hayotingizni tölaqonli yaşang

Tuşkunlikdan qoçiş istagida odamlar ma'nisiz maşğulotlar ortiga yaşirinadilar: spirtli içimliklar içadilar, ortiqça ovqat yeydilar, televizor köradilar, internet va ijtimoiy tarmoqlarga «yopişib» qoladilar, kompyuter öyinlarini öynaydilar. Ya'ni muammolari haqida öylab, oğriqni his etmaslik yölida barça narsalarni qilib körişadi.

Bunday strategiya vaqtinçalik yordam beradi. Tuyğular heç qayerga yöqolmaydi: içişning ertasi kuni, yeyilgan bir çelak muzqaymoqdan keyin ular yangi kuç bilan  paydo böladi.

His-tuyğulardan yaşiriniş kerak emas. Aksinça, ularga oçiq böling va tölaqonli yaşang. Ular sizni öldirmaydi, aksinça, davolaydi.