Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida bölib ötayotgan XVIII yozgi Osiyo öyinlarining 31 avgust kunidan örin olgan musobaqalarida özbekistonlik 22 nafar sportçi yakkalik va jamoa holda 7 sport turi böyiça bahslarda qatnaşişdi.
Öyinlarning ön uçinçi kunida Özbekiston vakillari oltin olişolmadi va 4 medal bilan kifoyalanişdi.
Baydarka va kanoeda eşkak eşiş
200 metr masofaga bahslarning saralaşida startga çiqqan Dilnoza Rahmatova öz guruhida eng yaxşi natijani (50.860) qayd etdi va töğridan-töğri finalga yöl oldi.
Olga Umaraliyeva 200 metr (K1) masofaga bölgan bahslarda qatnaşdi va öz guruhida uçinçi natijani (43.791) qayd etib, finalga çiqdi.
200 metrga juftlik bahslarida iştirok etgan Artur Guliyev/Elyorjon Mamadaliyev tandemi öz guruhida eng yaxşi natijani (38.084) körsatdi va finalga yöl oldi.
Eşkak eşiş bahslarida finallar ertaga ötkaziladi. Bugun saralaş bahslarida eşkak eşuvçilarning barçasi finalga yöl olişdi.
Sambo
Osiyo öyinlarida Özbekiston sambo jamoasi ikki medal oldi.

Özbekiston jamoasining -48 kg vazn toifasida turnirga taşrif buyurgan vakillari Nodira Gulova hamda Madina Turğunboyeva bronza medal uçun özaro gilamga çiqdi. Ikki özbekistonlik sportçi örtasidagi bahsda Nodira Gulovaning 3:0 hisobidagi ğalabasi qayd etildi va u Osiyo öyinlari bronza medali sovrindoriga aylandi.
-52 vazn toifasidagi Ahmad Rahmatulloyev esa bronza uçun tojikistonlik Jomi Hasaniy bilan kuraşdi va 2:0 hisobidagi ğalabaga erişib, Osiyo öyinlari sovrindoriga aylandi.

Özbekiston şarafini -52 kg vazn toifasida himoya qilgan yana bir samboçi Islom Ahmedjanov esa bronza medal uçun qozoğistonlik Beymbet Kanjanov bilan bellaşdi va 0:2 hisobida mağlub böldi.
Triatlon

















