Indoneziyada Osiyo öyinlarining yakuniy bahslari ötkazilmoqda.

Bugun Özbekiston sambo jamoasining yana 4 nafar vakili öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazişdi va yakunda ikki medalga ega çiqişdi.

Dastlab, -90 kg vazn toifasidagi Ne'mat Yoqubov saralaş bahslarida iştirok etdi. U dastlabki raqibi tailandlik Jyengxor Sonram ustidan 4:0 hisobida ğalaba qozondi.

Uning nimçorak finaldagi raqibi qirğizistonlik Urmat Mambetjan ulu böldi. Yoqubov ikkinçi jangida ham ğalaba qozondi - 2:0. Ammo u çorak finalda qozoğistonlik Aytbek Aybolga 1:3 hisobida yutqazdi. Şundan söng bronza uçun ötiş bahslarida iştirok etgan Yoqubov turkmanistonlik Ruslan Esegerovga yutqazib qöydi.

Ayol samboçilar örtasidagi bahslarda -68 kg vazn toifasidagi Nilufar Davletova iştirokini saralaşdan boşladi. U ilk raqibi, livanlik Suellen Silvani 4:0 hisobida yengdi. Nimçorak finalda tailandlik Titapa Junsukplung ham taslim etildi - 4:0. U çorak finalda indoneziyalik Amanda Mutiarani 4:0, yarim finalda qozoğistonlik Dinara Kudarovani 4:0 hisoblarida mağlub etib, finalga çiqdi.

Şundan söng u finalda oltin medal uçun qozoğistonlik Dildaş Kurişbayevaga qarşi gilamga çiqib, 0:3 hisobida yutqazib qöydi va kumuş medal bilan kifoyalanadigan böldi.

Foto: Anvar Ilyasov

Özbekistonlik yana bir samboçi, -68 kg vazn toifasidagi Gulmira Ismatova bahslarga nimçorak finaldan qöşildi. U dastlabki raqibi, suriyalik Hasna Saydni 4:0 hisobida yengdi. Ammo çorak finalda möğulistonlik sportçidan yengildi.

Şundan söng, bronza medal uçun ötiş bahslariga qöşilgan Ismatova dastlab indoneziyalik Sakina Sakina tösiğidan ötdi - 4:0. Lekin u ikkinçi bosqiçda yaponiyalik Tomi Natsukiga yutqazib qöydi - 0:2.

Özbekistonning -90 kg vazn toifasidagi ikkinçi vakili Kamoliddin Xolmurodov bahslarga nimçorak finalda qöşildi va dastlab yaponiyalik Sato Yosukini mağlub etdi - 3:0. Çorak finalda esa u eronlik Iraj Amirxanidan ustun keldi - 4:0. Yarim finalda tojikistonlik Komronşoh Ustorpiyonga qarşi gilamga çiqqan Xolmurodov 3:0 hisobida ğalabaga erişib, final yöllanmasini qölga kiritdi.