Kimyo böyiça Nobel mukofoti sovrindori Ryodzi Noyori Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov bilan uçraşdi. Şuningdek, Nagoya Universiteti rahbari Matsuo Seyiti boşçiligidagi Yaponiya delegatsiyasi vakillari ham uçraşuvda iştirok etişdi. 

Tadbir Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus  vazirligi, Innovatsiyalar vazirligi va Fanlar Akademiyasi rahbarlari iştirokida ötdi. Yaponiya delegatsiyasi Özbekistonning maktabgaça ta'lim, örta va oliy ta'limdagi islohotlarning borişi bilan tanişdi. 

Bundan taşqari, tomonlar Özbekistonda yetakçi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda ularning filiallari, fakultetlari faoliyati va ta'lim dasturlarini yölga qöyiş muhimligini qayd etişdi. 

Özbekiston tomon mamlakatimizda Nagoya Universiteti filiali faoliyatini taşkil qiliş taklifini bildirdi. Öz navbatida, Ryodzi Noyori davlat sektorlari, oliy ta'lim muassasalari va işbilarmonlar bilan hamkorlikda işlovçi Davlat tadqiqotlar markazini yaratişni taklif qildi. 

Taşrif davomida Noyori Yoşlar markazida ma'ruza öqidi. Özbekiston-Yaponiya innovatsion markazida Ryodzi Noyori va ilmiy-tadqiqot institutlari va oliygohlarning Yaponiyada ta'lim olib kelgan 16 yoş olimi iştirokida muhokamalar doirasi ötkazildi. 

Uçraşuv yakunlariga köra, tomonlar Nagoya va Toşkent davlat texnika universitetlari örtasidagi memorandumni imzolaşdi. Uşbu hujjat özbekistonlik talabalarga Nagoya Universitetida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari böyiça bepul ta'lim oliş imkonini taqdim etadi.