Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 3 sentabr kuni Qirğizistonga amaliy taşrif bilan boradi. Prezident Qirğizistonning Çölpon-ota şahrida ötadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengaşi sammitida iştirok etadi.
Şavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi safarlari şu bilan yakunlanmaydi. Prezident 27-28 sentabr kunlari Duşanbeda bölib ötadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti işida iştirok etiş uçun amaliy taşrif bilan Tojikistonga borişi kutilmoqda.
Qisqa muddat içida, ya'ni 2 oktabr kuni Şavkat Mirziyoyev Hindistonga jönab ketadi. Söngra, 9-10 oktabr kunlari Özbekiston prezidenti Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan oliy darajadagi uçraşuvda iştirok etadi.
«Kun.uz» axborot manbasiga köra, Toşkent 5 sentabr kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining rasmiy taşrifiga tayyorgarlik körmoqda. 13-14 sentabr kunlari esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Özbekistonga keladi. Oktyabr oyida davlat taşrifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Toşkentda bölişi va Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşişi belgilangan.
Amalga oşirilgan taşriflar içida Qozoğistonga 6 marta borgan Şavkat Mirziyoyev şu paytgaça Rossiyaga 4 marta taşrif buyurgan. Şuningdek, Turkmanistonga ham 4 marta taşrif amalga oşirilgan, bundan taşqari AQŞ va Xitoy davlatlariga ikki martadan borilgan.








