FIFA 2018 yilning eng yaxşi darvozaboni böliş uçun kuraşadigan uç nafar nomzodni e'lon qildi.

Ular - Tibo Kurtua (Belgiya terma jamoasi, «Çelsi»/«Real»), Ugo Loris (Fransiya, «Tottenhem») va Kasper Şmeyxel (Daniya, «Lester Siti»).

Kurtua Belgiya terma jamoasi bilan jahon çempionatida bronza medallarini qölga kiritib, musobaqaning eng yaxşi posboni deb topilgan edi. Loris Fransiya terma jamoasi bilan jahon çempioni böldi. Şmeyxel Daniya terma jamoasi bilan çorakfinalgaça yetib bordi va Xorvatiyaga penaltilar seriyasida yutqazdi.

Ğolib nomi 24 sentabr kuni Londonda ötkaziladigan yilning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimida e'lon qilinadi.