Ispaniya hukumati Saudiya Arabistoniga 400 dona yuqori aniqlikdagi aviabomba sotiş böyiça kelişuvni bekor qildi, deb xabar berdi Associated Press.

Madrid bu bombalar Yamandagi isyonçi xusiylarga qarşi qöllanilişidan xavotirlanmoqda.  

Aviabomba sotiş böyiça kelişuv 2015 yilda Ispaniyaning avvalgi hukumati tomonidan imzolangandi. Mamlakatning bu yil saylangan hukumati mazkur kelişuvni bekor qiliş va Ar-Riyod tomonidan ötkazilgan 9,2 million yevroni qaytarişga qaror qildi. Bu xabarni Ispaniya mudofaa vazirligidagi manba tasdiqladi.

Yamanda 2014 yildan buyon nizolar davom etmoqda. Taxminlarga köra, isyonçi xusiylarni Eron va «Hizbulloh» qöllab-quvvatlamoqda. Yaman armiyasi va Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi ularga qarşi kuraş olib bormoqda.

Koalitsiyani şuningdek, AQŞ qöllab-quvvatlab turibdi.