Özbekistonda elektron kompyuter sporti mamlakatdagi rasmiy sport turlari röyxatiga kiritildi. 

Eslatib ötamiz, yaqindagina öz yakuniga yetgan 2018 yilgi Osiyo öyinlari doirasida eSports sport musobaqalari ham ötkazildi. Musobaqa taşkilotçisi hisoblangan AESF (Asian Electronic Sports Federation) tarkibida 45 ta Osiyo mamlakatlari federatsiyalari orasida Özbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi ham bor.

2022 yilgi Osiyo öyinlarida elektron kompyuter sport musobaqalari asosiy bellaşuvlar qatoriga kiritilişi va rasmiy maqomda taşkil etilişi kutilmoqda.

Xalqaro kibersport federatsiyasi 48 mamlakatning milliy federatsiyasini birlaştirgan bölib, kibersport böyiça jahon çempionatini ötkazib keladi.