17:04 / 06.09.2018
20724

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz uchun yangi ballonlar ishlab chiqarila boshlandi

O‘zbekistonda suyultirilgan gaz uchun mo‘ljallangan kompozit ballonlarni ishlab chiqaradigan yangi “UNG ECCONN” mas'uliyati cheklangan jamiyati  qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zbekneftgaz

Qo‘shma korxona ta'sischilari hisoblanmish “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “Neftgazinvest” mas'uliyati cheklangan jamiyati va Koreyaning “Hyundai International Co.Ltd.” ushbu loyihada teng ulushga ega.

Loyiha qiymati jami 5,3 million AQSh dollarini tashkil qilib, shulardan 2,2 millioni qurilish va montaj ishlariga sarflandi. Uskuna va jihozlar esa 3,05 million AQSh dollariga xarid qilindi.  

Foto: O‘zbekneftgaz

Birinchi bosqichda yiliga 60 ming dona “ECONN 20” kompozit ballonni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichda esa ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga ortadi.  

Foto: O‘zbekneftgaz

Qo‘shma korxona Toshkent viloyatidagi Angren EIZ hududida joylashgan bo‘lib, uch gektar maydonni egallagan. 
 
Suyultirilgan gaz uchun mo‘ljallangan kompozit ballonlarning mahalliy ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish bozor talabiga bo‘lgan javobdir. Mazkur ballonlar nafaqat O‘zbekiston aholisining maishiy gaz ballonlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun, balki mamlakatning eksport salohiyatini yanada rivojlantirishda muhimdir. 

Top