Ötgan haftada IKEA Hindistonda özining ilk dökonini oçdi. Uning assortimenti odatdagidan biroz farq qiladi. Aslida, bu kompaniya uçun odatiy amaliyot: ba'zi mamlakatlarda u tovar va dökonlar dizaynini özgartiradi. Maqsad – auditoriya talablariga javob beriş.

IKEA dökonlari assortimentining katta qismi turli mamlakatlarda özgarişsiz qoladi. Mahalliy hayot tarzini inobatga olgan holda, kiçik detallargina özgaradi. Kompaniya öz vakillarini mahalliy uylarni örganiş va aholi bilan muloqot uçun yuboradi. Vakillar ehtiyojni örganadi.
Butun dunyodagi IKEA dökonlarida qanday özgarişlarni uçratiş mumkin?
Hindistonda issiq havo va namlikka çidamli mebel sotiladi
Qayta işlanmagan qarağaydan işlangan mebel Janubiy Hindistonning issiq va nam iqlimida uzoq xizmat qilmaydi. Hind bozori uçun kompaniya boşqa materiallardan foydalanişiga töğri keldi. Bundan taşqari, Hindistonda tozalaşda suvdan köp miqdorda foydalaniladi. Şuning uçun dizaynerlar mebelni namlikdan himoya qiliş maqsadida qöşimça tirgaklar qöyişdi.

Hindistondagi IKEA dökonlarida yiğma stullar va taburetlardan köp foydalaniladi. Çunki bu mamlakatda köpçilikdan iborat oila a'zolari tez-tez yiğilib turadilar.
Xitoyda balkonlar şou-rumlari bor
Xitoydagi IKEA dökonlarida balkonlarni jihozlaşga bağişlangan bölim bor. Xitoyda balkonlar juda maşhur. Mamlakatning janubiy qismida uyning bu qismida kiyimlar quritiladi, şimolida esa oziq-ovqat uçun qöşimça saqlaş joyi sifatida foydalanadilar. Xitoyning turli qismlarida joylaşgan dökonlarda uşbu öziga xoslikni kuzatiş mumkin.

Koreyada kiçik xonadonlar uçun karavotlar sotiladi
Turli mamlakatlardagi yotoqxona va karavotlar töğrisidagi tuşunçalar har-xil. Masalan, amerikaliklarda karavot va matraslarning öz standarti bor.IKEA Amerika bozoriga kirayotganida xatoga yöl qöydi. Bu yerda işlatiladigan king va queen size örniga ölçamni santimetrda berdi. Xato zudlik bilan töğrilandi. Xitoy bozoriga kirişda ham kompaniya şunga öxşaş vaziyatga duç kelgan: Gonkongga standart ölçamdagi karavotlarni olib kelgan, biroq u yerda kiçikroği talab etilardi. Keyinçalik IKEA u yerda mahalliy ölçamlarni yölga qöydi.
IKEA’ning Hindistondagi şou-rumlarida yotoqxonalarda kattalar yotoği yonida bolalar karavoti turganini köriş mumkin. Bu an'analar bilan boğliq.
2014 yilda IKEA dökonlarini Janubiy Koreyada oçişidan avval kompaniya mahalliy aholi bilan ularning uylarida 900 ta sörovnoma va uçraşuvlar ötkazdi. Natijada Koreya yotoqxonalari ölçamlarini hisobga olib, IKEA kiçraytirilgan ölçamdagi karavotlar tayyorladi.

IKEA restorani menyusi ham özgarmoqda
IKEA’ning Haydaroboddagi restoranida menyuda maşhur şved frikadelkalari qoldirildi. Biroq u yerda vegetariança şakli sotiladi. Şu bilan birga, mahalliy oşxona taomlari samosa, biryani va maşhur desert gulab, jamunni ham uçratiş mumkin. Janubiy Koreyada esa menyuda kimçi bibimbap va koreys barbekyusini tatib köriş imkoniyati bor.
Hindistonda IKEA restorani maydoni boşqa mamlakatlardagiga qaraganda kattaroq. Unga ming kişi joylaşadi. Hindlar bu yerga oila bilan taşrif buyurişlari hisobga olingan.

Amerikada suv uçun stakan – guldon ölçamiga teng
IKEA Hindistondagi oşxona mebellari balandligini mahalliy ayollar böyiga moslab, qisqartirgan. Yana hind dökonlarida töplamida piçoq mavjud bölgan bolalar idiş-tovoqlari yöq. Gap şundaki, hindlar piçoqqa qaraganda köproq qoşiqdan foydalanişadi. Şuning uçun IKEA bu mamlakatda törtta qoşiqdan iborat töplamni sotadi.

Xitoyda kompaniya guruç qaynatgiç va tayoqçalarning keng assortimentini taklif etadi. Xitoydagi şou-rumlarda oşxona mebeli juda ixçam. Çunki Xitoyda oşxonalar maydoni odatda kiçik.
IKEA öz mahsulotlari dizaynini Amerika auditoriyasiga moslab özgartirgan. 1990-yillarda kompaniya Amerika bozoriga kirayotganida guldonlarga bölgan katta talabni sezdi. Ma'lum bölişiça, amerikaliklar guldonlardan suv içiş maqsadida xarid qilişar ekan. Çunki standart şved stakanlari ular uçun juda kiçkina.










