Jahon | 09:30 / 09.09.2018
7316
2 daqiqa o‘qiladi

Sharqiy iqtisodiy forum ishtirokchilari ilk bor kruiz laynerida joylashtiriladi

Foto: Yuriy Smityuk/TASS

To‘rtinchi Sharqiy iqtisodiy forum mehmonlarining bir qismi Costa NeoRomantica kruiz kemasida joylashtiriladi. Kema 9 sentabrda Vladivostokka yetib keldi.

Italiya bayrog‘i ostida suzuvchi kema dengiz vokzali oldida to‘xtagan. Hozir uni komissiya ko‘zdan kechirmoqda. Kemaga mehmonlarni joylashtirish masalasi tekshiruv yakunlangach hal qilinadi.

Kemada 600ga yaqin xona bor bo‘lib, unda forum ishtirokchilari va mehmonlari uchun ovqatlanish va turli xizmatlar tashkil etiladi. Forumning ishtirokchilari ilk bor kruiz kemada joylashtiriladi.

Forumning o‘zi esa Russkiy orolidagi Uzoq Sharq federal universiteti maydonchasida 11-13 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Ma'lum qilinishicha, forumga rasman 4 ming ishtirokchi kelishi kerak, biroq avvalgi yillar tajribasidan kelib chiqiladigan bo‘lsa, bu raqam 6 minggacha yetishi mumkin. Qolgan ishtirokchilar forum o‘tadigan universitetning mehmonxonalarida joylashtiriladi.

Costa NeoRomantica dunyodagi eng katta kruiz kemalaridan biri hisoblanib, uzunligi 221 metrni tashkil qiladi. Uning bortida barlar, restoranlar, Duty Free do‘konlari, fitnes-markaz mavjud. Kemaning 10 ta palubasida 1,5 minggacha yo‘lovchi joylashishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid