«Mançester Yunayted» rasmiy saytida bolgariyalik hujumçi Dimitar Berbatovning hayot hikoyasi e'lon qilindi. Dimitar Berbatov 2008-2012 yillarda jamoa safida töp surgan. Ikki karra Angliya çempioni, 2010/111 mavsumda Premer Liga töpurari bölgan. E'tiboringizga uşbu material tarjimasini havola qilamiz.
Men samolyotda Mançesterga uçayotganimda, allaqaçon qizil libosda edim. Xayolan, deylik.
Albatta, katta klublarning senga qiziqiş bildirişlari yoqadi, çunki bu sening yaxşi öynayotganingni anglatadi. Ilk bor «Mançester Yunayted»ning taklifi haqida eşitganimda, özimni Giggz, Skoulz va boşqalar bilar birga öynayotganimni tasavvur qila boşlagandim.
Men uçun tarix juda ahamiyatli. Klub buyuk tarixiga ega bölsagina, kelajak haqida orzu qilişi mumkin. Şu bilan birga, «Yunayted»da öşa afsonaviy futbolçilar töp surar edi, demakki, agentim bu taklif haqida aytişi hamono, faqat bir narsa haqida öylay boşladim.
Mana, qöndik, Mançester aeroportidamiz. Agentim bilan nimalarnidir gaplaşib kelayotib, boşimni kötardim va meni kutib turgan Aleks Fergyusonni kördim. Hozir yuragim töxtab qolişini öylagan bölsam kerak. Nima bu?
Men, kiçkinagina davlatdan kelgan oddiy yigit. Ikki hafta oldin Çempionlar Ligasini yutgan murabbiy şaxsan meni kutib olgani aeroportga çiqsa... Bolaligimda bu haqida orzu ham qila olmasdim, menimça. Ayniqsa, agar sen kambağal kommunistik Bolgariyada tuğilgan bölsang.
Bolaligimda har kuni ertalab oltida turişim kerak edi. Avvaliga otam, keyin onam, keyin katta farzand sifatida men, undan keyin ukam non uçun navbatda turiş uçun navbat taşkillaştirib olgandik. Kilometrlab çözilgan navbatni tugatib non sotib olardim, lekin ba'zan uyga borgunça, nondan asar ham qolmasdi. Töyib non ham yeya olmasdik.
Keyinroq, ösmirlik davrimda, futbol bilan şuğullaniş uçun Sofiyaga köçib ötganimda ham hayot öşa-öşa edi. Tört yigit bir xonada yaşardik va faqat ota-onamiz berib yuborgan taom bilan kifoyalanişga majbur edik. Xöş, bugunga nima bor – har birimiz idişimizni stol ustiga qöyar, yeb bölgaç esa, keyingi safar nima yeyiş haqida boş qotiriş boşlanardi. Ba'zida, heç nima topa olmay, non uşoqlarni töplar, biroz yoğ aralaştirib «taom» tayyorlardik. Bu hayot bizni yaqin insonlarga aylantirdi, mana şu jipslik yordamida ilk sovrinimizni qölga kiritdik.
Bolalik xotiralarini eslar ekanman, töğri, qiyin zamonlar bölgan, ammo bu menga baxtli damlarni qadrlaşni ham örgatadi. Qizlarimga ham doim şuni uqtirişni harakat qilaman: ular non uçun navbatda turmaydilar, uşoqlarni terib yemaydilar, ammo ba'zida özimni biroz çetga olib, qiyinçilik yarataman, hayot doim ham bir tekis keçmasligini anglatişga urinaman. Bu zarur.
Buni qayerdan bilaman?
Nima deb öylaysiz, Bolgariyada iste'dodli yigitlar köpmidi? Ehhe, juda köp, mendan ham yaxşi öynaydiganlarni juda köp uçratganman. Otam ham futbolçi bölgan. Ba'zida, köçada sayr qilib yurar ekanmiz, u meni töxtatib, qöli bilan kimgadir işora qilardi:
- Anovi yigitni köryapsanmi?
Köpinça, röparamda uysiz, tuzukroq kiyimi ham bölmagan, qisqasi hayoti juda qiyin keçayotgani seziş qiyin bölmagan kimdirni körardim.
«Bilasanmi, u kim bölgan» – deb davom etadi otam, - «u öta iste'dodli hujumçi edi. Juda baquvvat, himoyaçilarni osonlik bilan mahv etardi. Keyin nima böldi? U öziga qattiq baho berib yubordi, iça boşladi, qimor öynadi, qizlar bilan yurdi. Atrofida notöğri insonlar köpaydi. Oqibatini körib turibsan. Men bilgan eng talantli yigitlardan biri hozir heç kim».
Vaqt ötgan sari, bunday taqdirlarni köp uçratdim. Ularning hammasida noyob iqtidor bor edi, ammo maslahatgöylari yaxşi bölmagan. Ba'zida hayotda nima qilişni, nimani tanlaşni bilmay qolasan, ammo doim eng töğri yölni bilişing kerak. Ularga «bu işing notöğri, boşqa yöl ham bor» deb turadigan insonlar yetişmagan. Töğri yöl doimo boşida qiyinçiliklarga röpara qiladi, ammo keyin muvaffaqiyat qozonasan. Mening yonimdagi ba'zi insonlarni ham eslayman.
- Berbs, ketdik, yetar şunça şuğullanganimiz. Hayotga bir marta kelamiz axir.
Yöq, men öşanda ham, hozir ham unaqa odam emasman. Men yaxşi futbolçi bölişni maqsad qilgandim. Men nimagadir erişişim, haligi odamlarga öxşab köçada qolmasdan, mustaqil bölişim şart edi.
Men doim qattiq işlaganman. Yoş bolalik paytlarimda ham dam olmasdan öynardim. Töpdan ajralmas, tinmay töpni yuqoriga otib, uni töxtatib olişni, nazorat qilişni maşq qilardim. Menga heç kim şu işni qilişni örgatmagan, buyurmagan, bilmayman nimaga, ammo men uçun bu iş qiziq tuyulardi. Na telefon, na feysbuk, na instagram... faqat oddiy töp bor edi.
- Berbs, uyga kir, ovqat yeb olişing kerak.
Tegmanglar menga. Istamayman, oç emasman. Hamma ketsa ham, töp bilan bir özim qolib ketardim. Braziliyaliklar öz öyinlarni plyajlarda takomillaştirişadi-ku, şu kabi, mening maşqlari toşlari börtib turgan asfalt bölgan. Atigi bir juft butsam bulib, u ham teşiklarga töla edi. Boşqasini sotib ololmasdik, öşa butsamni tikib, öynayverardim. Umuman şarqiy yevropalik bolalarning hammasi ham şunday edi, nazarimda.
Agar haqiqatan muvaffaqiyat qozonmoqçi bölsang, mehnat qilişda davom etişing, töğri maslahatlarga quloq solişing va töğri hayot tarziga ega bölişing kerak. Keyin esa... Nega va qanday qilib, bilmadim, bir kun planetalar sen uçun bir çiziqda turib berişadi.
Balkim bir kun «Mançester Yunayted» sotib olmoqçi böladi.
Balkim bir kun ser Aleks Fergyuson seni aeroportda kutib olgani çiqadi.
«Yunayted»ga qabul qilingan ilk kunim ğalati ötgan. Kun böyi qönğiroq qilişlarini, nima gap, nima sözligini aytişlarini kutib ötirdim. Hammasi Gollivud filmlaridek davom etdi va mana men, Aleks Fergyuson bilan bir maşinada ketyapman.
Ham ğalati, ham kulgili. Hurmatli insonlar men bilan yonma-yon maşinada ketar ekan, nuqul xayolimda «Nima deyişim kerak? Bunday paytlarda odam özini qanday tutişi kerak?» degan fikrlar ğujğon öynaşardi.
«Qalaysiz? Ob-havolar yaxşimi?»
Men juda kirişimli inson emasman. Meni yaxşi biladiganlar aytişlari mumkin, odatiy valaqlaşişni yomon köraman. Darhol asosiy mavzuga ötişni istayman, lekin bunaqa vaziyatda.... Agentimga qarayman, u ham menga qarab turibdi. Nima qilişni bilmaymiz.
Nima bölganda ham, öşa pallalarni xotirlar ekanman, yuzimda tabassum yuguradi. Ser Aleks bilan muloqot qiliş yoqimli edi. Men köpgina muvaffaqiyatli murabbiylar, futbolçilar, insonlar bilan muomala qilganman – ularni doim bir jihat boğlab turgan: ular sizning sohangizda sizdan ança köproq yutuqlarga erişgan bölişsa-da, buni sezdirmaslikka, bunga urğu bermaslikka urinişadi.
U şunçaki meni aeroportda kutib olişni istadi va balki hammasidan ham meni özi rom etgan jihat şu edi. Bunday insonlar şu kabi harakatlar orqali sizni öz dunyosiga taklif qilişadi. Ajoyib.
Ilk maşğulotda uyaldim va hatto juda uyaldim desam ham böladi. Men şu paytgaça özim zavq olgan, birga öynaşni orzu qilgan yigitlar bilan yonma-yon edim. Ba'zida şu uyatçanligim menga xalaqit bergan bölişi ham mumkin. Ba'zi bolalar bor, «qalay oğayni, qölni taşla» deb, xuddi men yuz yildan buyon şu yerda yurgandek qovuşib ketişadi. Men esa, hammasini içimda saqlaydiganlar xilidanman. Yo men öta uyatçanman yoki bunday vaziyatni nima qiliş, nima deyiş kerakligini bilmayman. Ular meni yaxşi kutib olişdi. Ilk maşğulot, Fergyuson, Giggz, Ronaldu... Hamma şu yerda.
Hamma turliça. Har biri qaysidir jihatdan boşqalardan ustun, lekin boşqa jihatdan yutqazadi. Masalan, Giggz haqiqiy professional edi va sport formasini uşlardi. Axir öşanda u endi 30 yoşdan oşgandi. Neça yoşgaça öynadi özi? 40mi? Xöş, Berbs, sen şunday qila olasanmi? Harakat qilib körişning zarari yöq. Qaraymiz, siri nima ekan? Yoga. Ha, yana, darvoqe, u tabiatan nozik, bu yerda DNK ham yordam bergan albatta. Ammo şuning özi emas, Giggzning öziga e'tibor berişi, qaçon şuğullanib, qaçon dam olişni bilişi, kerakli paytda yuklamalarni oşirişi yoki tuşirişi... Skoulz ham şunday qilardi, ha, Runi ham. Yana men Ronalduning eng çöqqiga çiqqan paytlarini körganman.
Agar ular kabi muvaffaqiyat qozonişni istasam, albatta, bularning barçasiga e'tibor qaratişim kerak edi. Boşqa ehtimol yöq. Professionallar, çempionlar bilan bir jamoada qoliş uçun ulardek bölişing, ulardek fikrlaşing şart.
«Old Trafford»dagi öyin oldidan tunnelda jamoadoşlarim bilan turişni aytib beray sizga. Diktor eşituvçilarning hammasiga ma'lum bölgan ma'lumotni e'lon qila boşlaydi: «Xonimlar va janoblar, Angliya çempioni, Yevropa çempioni, jahon çempioni...»
Eting jimirlab ketadi.
Tunnelda butunlay boşqa darajaga çiqayotgandek bölasan. Raqib kim bölişidan qat'i nazar, bizning darajamizga yetişa olmaydi. Aksariyat hollarda sen buni his qilib turasan. Ular tomonga qaraşning ham keragi yöq, kim, nima, qat'i nazar ular yutqazib bölişdi. Albatta, buning sababi, sening jamoangda Ronaldu, Runi, Giggz yoki boşqalarning bor ekani...
Va mana, şeriklaring bilan maydonga çiqib kelyapsan, diktor nutqini davom ettirmoqda. Raqib futbolçilarga qarayman va xayolan aytaman:
«Kördinglarmi, men mana şu tomonda bölişim uçun qattiq mehnat qilgandim, dam olişdan, ovqatdan voz keçgandim, qalay?»
Ilk mavsumimdayoq «Yunayted» bilan birga Premer Liga çempioni böldik. Yo, Xudo! Duşda quvonçdan sakragilarim kelib ketdi.
Uyga kelgaç esa, rostan ham sakray boşladim. Axir bu yerda meni heç kim körmasdi. Onadan ilk tuğilgandek qip yalanğoç holda, faqat çempionlik medalini taqib olib, sakrayverdim, sakrayverdim. Ertasiga klubga borib, yeçiniş xonasida xotirjam ötirgan Giggzni uçratdim. Bir yuz öninçi medalimidi bu, yo köpmidi, şunaqaroq. «Berbs, yana boşqa sovrinlar ham böladi hali» dedi u.
Biz hozirgina Premer Ligani yutib oldik, ammo hammasi allaqaçon unutilgandi. Axir bu nimasi? Men ilk medalimni yutib oldimku, bayram qilsam maylimi? Bilmadim, balki men ham keyingi sovrinlarimni ular kabi xotirjam kutib olarman? Lekin bilasizmi, mana şu klub yeçiniş xonasi uçun doim eng muhimi faqat keyingi gol, keyingi ğalaba, keyingi sovrin edi. Çempionlar mana şunday yaralganlar, ajoyib.
Bu yigitlar bilan birga böliş ajoyib edi. Töğri, asosan men unça gapirmasdim, faqat kuzatardim. Lekin agar menga biror maslahat kerak bölsa, xotirjam borib söraşim mumkin edi. Heç qanday muammosiz yordamlarini ayaşmasdi. Jamoada Vidiç kabi juda qiyinçilik körgan, Runi kabi juda erta porlagan, umuman turli taqdir va xarakterlarga ega bölgan insonlar yiğilgan bölsa-da, Ser Aleks har birimizning tilimizni topa olgandi.
U maşqlar paytida har birimiz bilan alohida gaplaşar, oldimizga kelib xabar olardi. Bir kuni bir futbolçi, boşqa kuni boşqasidan hol ahvol sörar, heç narsani e'tiborsiz qoldirmasdi. Fergyuson har bir futbolçi bilan suhbatda unga töğri yetib boradigan, ta'sir qiladigan sözlarni işlatişga urinayotganini seziş qiyin emasdi. Kimdir bilan yengilroq, hazilomuz muomala qiliş kerak, kimdir bilan jiddiy böliş yaxşiroq. Şu tariqa u hammaning tilini topardi. Aleks Fergyuson şunaqa. Millionta sovrin, millionda yana turli hayotiy muvaffaqiyatlar... Şunday ekan, uning har bir gapini quloğingga quyib olişing kerak.
Sen maydonda atigi 5 yoki 10 daqiqa harakat qilişing mumkin, ammo şunda ham u sening jamoaga juda kerakliging, juda foydali iş qilayotganingni his qildira olardi. Jamoaning bir bölagi ekaningni, senga alohida e'tibor qilinayotganini sezib turarding.
Uning öyin oldidan aytadigan nutqlari esa, bir olam. Özimni qandaydir film qahramonidek his qilib yuborardim. Ba'zida u öz hayotidagi voqealardan hikoya qilar, öz otasi haqida, boşqa insonlar haqida, biz kabi şu yerda bölişdek baxtga muyassar bölmagan omadsizlar haqida aytib berardi. Bunday suhbatlar men uçun har doim bir xil tugardi:
«Men har kimni tiriklayin yeb yuborişga tayyorman», – degan fikr keçardi xayolimdan.
Va men maydonga çiqib, ğalaba uçun borimni berardim. Albatta, şunda ham undan qarzimni uza olmasam kerak.
Axir, jin ursin, u meni aeroportda kutib olgandi!
Q. Aslanov tayyorladi
1981 yili Bolgariyaning Blagoyevgrad şahrida tuğilgan Dimitr Berbatov mahalliy «Pirin» klubida futbolçilik faoliyatini boşlagan. U 1998-99 yillarda birinçi klubining asosiy tarkibida töp surgaç, poytaxt Sofiyaning TsSKA klubiga ötgan, 2001-2006 yillar davomida Germaniyaning «Bayyer» jamoasi şarafini himoya qilgan. Nemislar klubi safida Çempionlar ligasidagi iştirokidan keyin katta klublar unga qiziqa boşlaşgan.
U dastlab, 2006 yili Londonning «Tottenhem» klubi safiga ötgan.
2008 yili esa «Mançester Yunayted» safiga qöşilib, bu yerda 2012 yilga qadar qolgan.
Şundan keyin 2 yil «Fulhem» uçun öynagan futbolçi, 2014-15 yillarni «Monako»da, 2015-16 yillarni esa Gretsiyaning PAOK klubida ötkazadi.
2017 yilda esa Hindistonning «Kerala Blasters» klubi futbolçisiga aylanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi