Beş yildan söng «Özbektelekom» va «MTS» PJSC (Rossiya Federatsiyasi) xalqaro telefon trafigi almaşinuvi uçun ovoz aloqasini (tarmoqlararo ovozli aloqani) tikladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.

«Tarmoqlarning özaro aloqasi telefon aloqasining sifatini sezilarli darajada yaxşilaydi va mamlakatlarimiz örtasida ovozli trafikni vositaçilarsiz töğridan-töğri yönaltirişga imkon beradi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, bu «Özbektelekom» AK va «MTS» PJSC örtasidagi hamkorlikka ijobiy ta'sir körsatadi.

MTS Özbekistonda 2016 yilgaça işlagan, öşanda Universal Mobile Systems (UMS) qöşma korxonasidagi 50,01 foiz miqdoridagi uluş Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligining «Radioaloqa, radioeşittiriş va televideniye markazi» Davlat unitar korxonasiga sotib yuborilgan.