Yaqinda ma'lum böldiki, dunyoga maşhur qahvaxona tarmoqlaridan biri Baskin Robbins Toşkentda öz faoliyatini boşlamoqda. Biz dunyoni zabt etgan uşbu savdo belgisi haqida özimizning kiçik tadqiqotimizni ötkazib, uning natijasiga köra 15 ta qiziq faktni e'tiboringizga havola qilişga qaror qildik.
1. Tabiiy tarkib
Baskin Robbins muzqaymoqlari tabiiy qaymoq, mevalar, tabiiy pyure va oraliq surmalar, rezavor meva va yonğoqlardan iborat, zararli ingrediyentlar va palma moyisiz işlab çiqariladi. Xullas, Baskin Robbins muzqaymoqlari ortidan borayotib özingiz va bolalaringiz salomatligi uçun bexavotir iste'mol qila olişingiz mumkinligiga işonçingiz komil bölişi mumkin.
2. Turli xil ta'mlar
Baskin Robbins kompaniyasi – muzqaymoq turlari borasida dunyoda yetakçi hisoblanadi.Baskin Robbins muzqaymoqlari 1000 xildan ortiq ta'm turlariga ega! Har kim özi yoqtirgan ta'm va mazani topa oladi. “Bizlar taklif etayotgan ta'mlar barçaga birdek yoqmasligi mumkin, biroq har bir ta'm kim uçundir albatta eng sevimlidir”, - deydi Barton Baskin. “Biz muzqaymoq emas, balki xursandçilik sotamiz”, - deydi Irvin Robbins.

3. Milliardlar işonçi
Baskin Robbins 76 yillik faoliyati davomida nafaqat butun dunyoga maşhur böldi, balki dunyoning 54 mamlakatida istiqomat qiluvçi milliardlab insonlar işonçini qozona oldi. Bu raqam yana ösişda davom etmoqda.
4. Eng yirik qahvaxona-muzqaymoqlar tarmoği
Ha, albatta, bu haqiqatdan ham butun yer şaridagi eng yirik muzqaymoq qahvaxonalari tarmoğidir. 2018 yilning iyulida 8 minginçi savdo nuqtasi oçildi.
5. Baskin Robbins da işlagan maşhurlar
Barça kompaniyalar ham sobiq xodimlari orasida 2 prezident borligi bilan faxrlana olişmaydi. Bu AQŞning 44-prezidenti Barak Obama va Haiti respublikasining 42-prezidenti Rene Garsiya Preval, yoşlik çoğlarida Baskin Robbins qahvaxonasida işlaşgan.
6. Butunjahon sifat nazorati












