
Mazkur suğurta kompaniyasi yurtimizdagi eng yirik suğurta taşkiloti -«Özagrosuğurta» AJ tomonidan ta'sis etilgan bölib, hayotni suğurta qiliş tarmoğida I, II, III va IV-klasslar hamda umumiy suğurta tarmoğida 1 va 2-klasslar böyiça ixtiyoriy va majburiy suğurtani amalga oşiriş bilan şuğullanadi.

«AGROS HAYOT» suğurta kompaniyasi mamlakatimizda yetakçi suğurta kompaniyalar 10taligida muntazam ravişda yuqorilab bormoqda. Şu bilan birga, hozirda kompaniya tomonidan, öz faoliyati doirasiga kiruvçi yangidan yangi va mijozlar uçun qulay bölgan suğurta mahsulotlarini joriy etiş böyiça işlar olib borilmoqda. Şu kunlarda kompaniya, özining “Töğri Nişonlaymiz” deb nomlangan xayriya aksiyasini e'lon qildi va bu tadbir Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanidagi 78-imkoniyati çeklangan aqli zaif bolalar maktab-internatida bölib ötdi. Tadbirdan maqsad maktab-internatida tarbiyalanuvçi 270 nafar imkoniyati çeklangan öquvçilarni maktab anjomlari bilan ta'minlaş edi. Ötkazilgan xayriya tadbirida heç bir qatnaşçi sovğasiz qolmadi, barça bolalar bayram naşidasidan bahramand böldilar.

«AGROS HAYOT» suğurta kompaniyasining tajribali mutaxassis va iqtidorli yoşlardan iborat bölgan jamoasi özining şu kabi xayrli va natijali işlarini davom ettiriş niyatida.










