Gavayi va Braun universitetlari tadqiqotçilari professor Şuai Li boşçiligida Oyning qutb tomonida muzliklar borligiga oid işonçli dalillarni qölga kiritişdi. Oydagi muzliklar joylaşuvi va miqdori Quyoş tizimidagi boşqa osmon jismlari, jumladan Merkuriy va Tsereranikidan keskin farq qiladi. Bu holat Oyning öziga xos şakllaniş va hosil böliş jarayoni bilan boğliq bölişi mumkin. Uşbu muz qatlamlaridan kelajakda Yerning tabiiy yöldoşini tadqiq etiş vaqtida foydalaniş mumkin böladi. Bu haqida Milliy fanlar akademiyasi xabarlari (PNAS) naşrida çop etilgan ilmiy maqolada xabar berilmoqda.

Professor Li va uning hamkasblari Oy yuzasida suv borligini tasdiqlaşda Oyning qutb qismidagi uçta alohida hududni NASAning Moon Mineralogy Mapper​ (M3) uskunasida tekşirib körişdi.

M3 uskunasi Chandrayaan​-1 kosmik apparatiga joylaştirilgan bölib, 2008-yilda Hindiston koinot tadqiqotlari taşkiloti tomonidan işga tuşirilgan. U Oy sirtida muzliklar borligini tadqiq etişga asoslangan asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Uskuna Oy sirtidagi muzliklardan qaytayotgan nurlarni qabul qilişdan taşqari, uning tarkibidagi molekulalarning infraqizil nurlarni yutiş xususiyatini tekşira oladi, bu esa Oy sirtidagi suv qaysi agregat holatda, ya'ni suyuq, gaz yoki qattiq körinişda ekanligini aniqlaş imkonini beradi.

«Yangi topilgan oy muzliklari uning qutb tomonidagi ulkan kraterlar soyasi ostida turibdi. Oyning öz öqi atrofida juda kiçik burçak ostida aylanişi tufayli uşbu hududlarga deyarli quyoş nuri tuşmaydi va şu bois bu mintaqalardagi harorat -157 gradusdan yuqoriga kötarilmaydi», - deydi tadqiqotçilar.

Foto: NASA

NASAning M3 uskunasida suratga olingan yuqoridagi Oyning janubiy (çapda) va şimoliy (öngda) qutblari tasvirida katta va kiçik kraterlar içidagi kök rangda tasvirlangan muzliklarni köriş mumkin. Yuqori aniqlikda tadqiq etilgan uşbu tasvirlar Oy sirtida rostdan ham muzliklar mavjudligini körsatib turmoqda.

Bundan avvalgi [tadqiqotlarda] Oyning janubiy qutbida muz qatlamlari mavjudligiga işora qiluvçi kiçik belgilar qölga kiritilgan, lekin bu holatni Oy tuproğining nurlarni özida aks ettiriş xususiyati bilan izohlaş mumkin edi.

Tadqiqotçilarning ta'kidlaşlariça Oy yuzasida muz qatlamlarining bölişi, hattoki ular bir neça millimetr qalinlikda bölsa ham kelajakdagi Oy sirtida ötkaziladigan ekspeditsiyalar uçun ulkan resurs vazifasini ötay oladi. Undan içimlik suvi oliş yoki uni kislorod va vodorodga parçalaş orqali raketalarga yoqilği hamda nafas oliş uçun kislorod zahirasiga ega böliş mumkin.