«Zenit» Rossiya çempionatining 7-turida «Orenburg» ustidan ğalabaga erişdi. Orenburgdagi «Gazovik» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinning 14-daqiqasida Leandro Paredesning qanotdan uzatib bergan töpini Aleksandr Yeroxin boşi bilan darvozaga joyladi. Birinçi bölim oxirida Artyom Dzyuba Yeroxinni darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqardi va u imkoniyatdan unumli foydalandi.

Öyinning ikkinçi bölimi boşida «Orenburg» bitta javob golini urişga muvaffaq böldi. «Zenit» jarima maydonida töp Adesoyye Oyyevolega kelib tuşdi va u osonlik bilan Andrey Lunyovni doğda qoldirdi.

«Zenit» safida jamoaning yangi himoyaçisi Klaudio Markizio ikkinçi bölimda zaxiradan maydonga tuşdi va Rossiya çempionatidagi debyutini amalga oşirdi.

«Zenit» endilikda 7 öyinda 6 ğalabaga erişib, oçkolari sonini 19taga yetkazgan holda RPL turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda, «Orenburg» 10 oçko bilan — 8-örinda joylaşgan.

Rossiya çempionati
7-tur
Orenburg – Zenit 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 14 Yeroxin, 0:2 – 45 Yeroxin, 1:2 – 48 Oyyevole.
Orenburg – Frolov, Oyyevole, Begiç, Andreyev, Terexov, Mişkiç, Popoviç (Rikardu Alveş, 71), Afonin, Malyx, Despotoviç (Kozlov, 76), Sutormin (Çukanov, 85).
Zenit – Lunev, Netu, Ivanoviç, Smolnikov, Nabiullin (Anyukov, 61), Kuzyayev, Paredes (Markizio, 71), Yeroxin, Şatov (Ernani, 84), Dzyuba, Driussi.
Ogohlantirişlar: Mişkiç (41), Smolnikov (50), Netu (53).