Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bölişiça, 17 sentabr kuni Oq ostona mahallasida yaşovçi T.B. şu mahalla hududida joylaşgan içki işlari organlari tayanç punktiga kelib şu yerda xizmat olib borayotgan Uzun tumani IIB xodimi S.M.ga “sen işlamayapsan, menga gaz ballon olib bermayapsan”, - deb taşqariga çiqib şovqin kötargan vaqtida S.M. uning oldiga çiqib uni tartibga çaqirgan.
Natijada T.B. xodimning boş qismiga toş bilan urib, tan jarohati yetkazgan va xodim kasalxonaga yotqizilgan.
T.B. uşlangan. Suriştiruvni tuman prokuraturasi olib bormoqda.








