Samsung mobil bölinmasi rahbari Don-Jin Kox Xitoy OAV bilan suhbatda kompaniyaning bölajak flagmani bölgan Galaxy S10 taşqi körinişi bilan ilgarigilardan ança farq qilişini aytdi. Internetda yangi smartfonning ilk fotolari paydo böldi.

Suratdan anglanişiça, Galaxy S10’ning old kamerasi ekran ostida joylaşadi, ammo undan foydalanilmagan vaqtda kamera körinmasdan turadi. Ekranda heç qanday suriladigan konstruksiya yoki öyiqlar bölmaydi, smartfonning romi maksimal darajada ingiçka böladi.

Ma'lum qilinişiça, surat haqiqiy bölmasligi ehtimoli ham mavjud.

Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy J smartfonlarini işlab çiqarişdan voz keçmoqçiligini, ularning örnini Galaxy M turkumidagi smartfonlar egallaşi haqida xabar qilingandi.