Bugun, 18 sentabr kuni  Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞ Davlat departamentining xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi topşiriqlar böyiça elçisi Sem Braunbekni qabul qildi.

«Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Özbekiston Respublikasi bilan Amerika Qöşma Ştatlari örtasidagi keng kölamli hamkorlik izçil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Joriy yil may oyida Vaşington şahrida bölib ötgan, Özbekiston – AQŞ strategik şerikligida yangi davrni boşlab bergan oliy darajadagi muzokaralar natijalari yuksak baholandi.

Özbekiston inson salohiyatini rivojlantiriş, şu jumladan, diniy erkinlik va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlaş sohasidagi konstruktiv muloqotga muhim ahamiyat qaratayotgani qayd etildi. Prezidentimiz Özbekistonning din sohasidagi siyosati barça konfessiya vakillari uçun teng şaroitlar yaratişga asoslanganini ta'kidladi.

Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasini amalga oşiriş doirasida diniy-ma'rifiy sohadagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş borasida aniq çoralar körildi.

Bağrikenglik, mehr-oqibat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, bilimga intiliş kabi xalqimiz mentalitetining ma'naviy-ahloqiy asoslarini saqlaş va boyitiş, dinga aloqador madaniy merosni asrab-avaylaş böyiça ulkan işlar amalga oşirilmoqda.

Mamlakatimizda islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini keng jamoatçilikka yetkazişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi, Özbekiston islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi taşkil etildi.

Özbekiston barçaning ta'lim olişiga keng imkoniyat yaratiş, bağrikenglik va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, vijdon va din erkinligi hamda e'tiqod qiluvçilarning boşqa huquqlarini himoya qilişga qaratilgan «Ma'rifat va diniy bağrikenglik» nomli BMT Boş assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qiliş taşabbusini ilgari surdi.

Samuel Braunbek samimiy qabul uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, AQŞ Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng miqyosli özgarişlarni yuqori baholaşi va qöllab-quvvatlaşini ta'kidladi.