Minglab Özbekiston fuqarolari ekstremistik taşkilotlar a'zolarining «qora röyxati»dan çiqarib taşlandi va ularning normal hayotga qaytişi respublikadagi ijobiy özgarişlar körsatkiçiga aylandi. Bu haqda AQŞning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi alohida topşiriqlar böyiça elçisi Samuel Deyl Braunbek ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Regnum.

Diplomatning qöşimça qilişiça, AQŞ diniy erkinlikni tarğib qiliş, madaniy va an'anaviy qadriyatlarni saqlab qoliş hamda rivojlantirişda kömaklaşiş uçun Özbekistondagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Eslatib ötamiz, 18 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Samuel Braunbekni qabul qilgandi. Özbekiston inson salohiyatini rivojlantiriş, şu jumladan, diniy erkinlik va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlaş sohasidagi konstruktiv muloqotga muhim ahamiyat qaratayotgani qayd etildi.

Bundan taşqari, 19 sentabr kuni Şavkat Mirziyoyevning «Terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etiş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi farmoni imzolandi. Unga köra terroristik taşkilotlarga adaşib kirib qolgan fuqarolarga qaytiş imkoni beriladi.