Mubaşşir Ahmad taxallusi bilan tanilgan diniy bloger Alişer Tursunov qidiruvga berildi. Tarmoqlarda şu mazmunda tarqalgan xabarni Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov Kun.uzʼga tasdiqladi.
Ma’lum qilinişiça, u Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi birinçi qismida nazarda tutilgan jinoyat – «diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş» harakatini sodir etişda ayblanib, qidiruvga berilgan.
IIV rasmiysi ma’lum qilişiça, fuqaro qaçon qidiruvga berilgani tergov siri bilan boğliq. Şuningdek, boşqa ayblovlar qöyilgani haqida ham ma’lumot yöq.
Ijtimoiy tarmoqlarning özbekzabon segmentida faol bölgan diniy ulamo – marhum şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining şogirdi, Özbekistonda bir neça yil faoliyat yuritgan Azon.uz va Azon TV kabi ma’rifiy loyihalar hamda bir neçta diniy kitoblar muallifi hisoblanadi.
Mubaşşir Ahmad bir neça yildan buyon Turkiyada istiqomat qiladi. U 2023 yil oxirida Turkiya politsiyasi tomonidan özi yaşab turgan uyidan olib ketilgan va uşlab turilgan. Keyinroq unga qöyilgan ayblovlar isbotini topmagan va qöyib yuborilgandi.











