Mançester universiteti olimlari parfyumeriyada sandal daraxti hidini olişda qöllanuvçi modda inson soçlari ösişini jadallaştirişini aniqlaşdi.
Olimlar sandalor deb ataluvçi bu moddani soç follikulalaridagi OR2AT4 retseptoriga ta'sir qiliş uçun qöllaşgan. Sandalor boş terisi töqimalari namunalariga surtilganda bir vaqtning özida soç ösişini kuçaytirgan va ölik hujayralar sonini kamaytirgan.
“20 nafar ayolda ötkazilgan tadqiqot natijalari sandalorning qöllanişi soç tökilişini kamaytirişini taxmin qilişga asos beradi”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri professor Ralf Paus.
Keyingi bosqiç moddaning köngillilarda töliq sinovdan ötkazilişi bölişi kerak. Olimlar soç tökilişi muammosini hal qilişga yaqin turişganini aytişmoqda.









