Soç insonning körki. Ham gözallik va soğlomlik ramzi hisoblangan tana a'zosini qanday parvarişlaş, serjilo qiliş barça uçun qiziq mavzu, çunki hammamiz soç tökilişidan qörqamiz.
Xastalik öz ortidan turli psixologik zöriqişlarni ham olib keladi. Sababi, soç tökilişini qarilik alomati, deya qabul qilinişi ham tabiiy. Jarayon erkaklarda 18 yoşdan keyin boşlanadi. Yoş ulğaygan sari soç ösişi ham sekinlaşib boraveradi. 2019 yilgi statistikaga köra, 40 foiz erkak 35 yoşgaça sezilarli ravişda soç tökilişini boşdan keçiradi.
Amerika dermatologlari akademiyasining ma'lumotlariga köra, soç soğlom insonda ham tökiladi. Bir kunda taxminan 50-100 tola soç tökilişi normal holatdir. Bundan ortiği kasallik hisoblanadi.
Soç fiziologiyasi va morfologiyasini dermatokosmetologiyaning alohida sohasi bölmiş trixologiya örganadi. Malakali trixolog Ilhom Rahimov Kun.uz bilan suhbatda soç tökilişi böyiça ma'lumot va tavsiyalarini taqdim etdi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) bergan oxirgi ma'lumotlarga köra, dunyo miqyosida 65 foizi erkaklar va 35 foiz ayollar uşbu kasallikning u yoki bu şakli bilan kasallangan.
Soç tökilişining bir qança turlari bor. Birinçisi fiziologik soç tökilişi. Bu jarayon 55-65 yoşda kuzatiluvçi normal holat hisoblanadi. Erkaklarda kallik kuzatilsa, ayollarda esa soç tökilişi diffuz xarakterda böladi va kallik sodir bölmaydi. Ikkinçisi erta soç tökilişi bölib 18-22 yoşdan boşlanadi (bu eng köp uçraydigan xili). Uçinçisi seboreyali soç tökilişi. Oxirgisi alopetsiya bölib,bunda soçlarning patologik tökilişi kuzatiladi. Natijada, soç va tana terisidagi tuklar qisman va töliq tökiladi.
Soç tökilişiga quyidagilar sabab böladi:
- stress;
- nasliy moyillik;
- modda almaşinuvining buzilişi;
- surunkali içki a'zolar kasalliklari;
- endokrin kasalliklar;
- tanqislik holatlar (sink, temir va boşqa mikroelementlar);
-dori-darmonlarning salbiy ta'siri;
- infeksion kasalliklar;
- noratsional ovqatlaniş.








