Tongda közgu oldida turib soç tarayotganingizga taroqda katta soç tutamini körasiz. Soçlarni taraş azobga aylanadi, axir har safar köplab soç tolalari sizni tark etadi. Bunday vaziyat sizga ham tanişmi? Agar «Ha» bölsa, bu vahimaga tuşiş uçun sabab emas. Çunki muammoga organizmingizda ayrim vitaminlarning yetişmayotgani sabab bölişi mumkin. Bugun soçlar tökilişiga qarşi işlaydigan 6 vitamin haqida suhbatlaşamiz.
Biotin B7
Bu soçlar uçun vitaminlarning faol tarkibiy qismi. Uning organizmda yetişmasligi soçlarning quruqligi va sinuvçanligiga olib kelişi mumkin. Biotin boş terisini oziqlantiradigan va ularni kuçli qiladigan örnini bosib bölmaydigan yoğ kislotalarini işlab çiqarişda yordam beradi. Gulkaram, yonğoqlar va dukkaklilar tarkibida mavjud.
B5 pantoten kislotasi
Bu vitamin soçlar yaxşi ösişida iştirok etadigan keratinni işlab çiqarişda yordam beradi. Ösiş, yaltiraş va soçlarning soğlomligiga hissa qöşadi. Brokkoli, qöziqorin, kartoşka, sutli mahsulotlar, yonğoqlar tarkibida mavjud.
Ye vitamini
Boş terisida qon yaxşi aylanişiga hissa qöşadi. Bu esa soğlom teri va soçlar deganidir. Ismaloq, brokkoli va boşqa yaşil sabzavotlar, yonğoqlar, ösimlik yoğlari tarkibida mavjud.
Foliy kislotasi
Aynan u organizmga soçlar ösişiga yordam beradigan yangi hujayralarni hosil qilişda yordam beradi. Yaşil bargli sabzavotlar, asal, dukkaklilar, yirik tortilgan undan tayyorlangan non, şuningdek, ayrim sitrus mevalar tarkibida mavjud.
S vitamini
U soçlar tökilişining oldini oliş uçun muhim. S vitamini soçlar ösişini tezlaştiriş uçun qöllaniladi va boşqa asosiy vitaminlar özlaştirilişi uçun ular bilan birga işlaydi. Tsitrus mevalar, qizil bulğor qalampiri, bryussel karami, brokkoli, pomidor şarbati, gulkaram, kartoşka tarkibida mavjud.
A vitamini
Soçlarning ösişi, qon aylanişi, boş terisini yoşartiriş uçun muhim. A vitamini teri uçun qarişga qarşi köplab mahsulotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Yaşil bargli sabzavotlar, qovoq, sabzi, örik, mango, şuningdek sut mahsulotlari tarkibida mavjud.
Ana endi soç tökilişi muammosi yuzaga kelganida qanday vitaminlar yetişmayotgani, ratsionni zarur vitaminlar bilan boyitiş uçun unga qanday mahsulotlarni kiritişni bilib oldingiz. Salomat böling!









