UzbekistanPass (UzPass) – bu O‘zbekistonni yaqindan bilish, uning ko‘p asrlik tarixi bilan tanishish, go‘zalligidan zavq olish, shuningdek o‘z sayohatini qulay hamda tejamli o‘tkazishni istovchilar uchun ajoyib turistik servis.
Bu haqida batafsil...
Servisning asosi Android va iOS'dagi mobil ilova ko‘rinishidagi onlayn-platforma hisoblanadi, unda har bir sayyoh mamlakat haqidagi o‘zi uchun kerakli ma'lumotlar: mehmonxonalardagi nomerlarni ko‘rish va band qilish, turpaketlar, professional gid-ekskursiyachilarning katta tanlovi, avia va temir yo‘l chiptalarini xarid qilish, avtomobil ijarasi hamda ko‘plab boshqa ma'lumotlar bilan tanishishi mumkin.

Xizmatlar narxi haqida taqdim etiluvchi barcha ma'lumotlar ajoyib sayohatga yo‘l olib, byudjyetni aniq hisob-kitob qilish imkonini beradi. Darvoqe, bu barcha uchun bepul!
Bundan tashqari, UzPass bilan elektron diskont karta sotib olib, pullaringizni tejashdek katta afzallikka ega bo‘lasiz.
Bu qanday ishlaydi?
Ilova orqali qator xizmatlarga chegirmalar taqdim etuvchi elektron diskont kartani qo‘lga kiritishingiz mumkin. Chegirmali kartaning amal qilish muddatini o‘zingiz mustaqil ravishda tanlashingiz mumkin, tabiiyki, muddat qancha uzoq bo‘lsa, u shuncha arzonga tushadi. Segment uchun bir diskontning narxi 12 300 so‘mni tashkil qiladi.
Diskont karta egalari mehmonxonalar, kafe va restoranlar, diqqatga sazovor maskanlar, savdo-ko‘ngilochar markazlarida hamda hunarmandlardan suvenirlar xarid qilganda chegirmalarga ega bo‘lishadi. Shu tariqa, har bir sayyoh o‘z mablag‘ining 60 foizigacha tejashi mumkin.

Bundan tashqari...
Sarguzashtsevarlar va unutilmas his-tuyg‘ular tarafdorlari uchun faol turizm turpaketlari ko‘rinishidagi ajoyib taklif mavjud. Turpaketlar xilma-xilligi shu bilangina cheklanib qolmaydi: madaniy-ma'rifiy, etnik, sog‘lomlashtiruvchi va eko turizm, shuningdek MICE va gastronomik turizm. Mamlakatning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishni istaganlar uchun esa O‘zbekiston Musulmonlar idorasidan eksklyuziv taklif bor.






