Jahon | 07:49 / 23.09.2018
10211
2 daqiqa o‘qiladi

Tanzaniyada parom cho‘kishi qurbonlari soni 200 dan oshib ketdi 

Tanzaniyada Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi paromining cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 209 nafargacha oshdi. Bu haqda Citizen mahalliy nashri ma'lum qildi. 

Foto: AFP / Stringer

Avvalroq 136 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Nashrning ma'lum qilishicha, 22 sentabrda yana 69 jasad topilgan. 

Parom 20 sentabrda Yukora orolidagi prichaldan 50 metr narida to‘nkarilib ketgan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, parom bortida 400 ga yaqin, ya'ni me'yoridan ancha ko‘p odam bo‘lgan. Shuningdek, transport vositasi turli yuk tashib ketayotgan bo‘lgan. 

Foto: AFP / Stringer

Avvalroq paromning halokatiga boshqaruv vaqtida keskin burish harakati sabab bo‘lgani, buning oqibatida parom to‘nkarilib ketgani ma'lum qilingan. Omon qolgan yo‘lovchilarning aytishicha, parom rulchisi voqea vaqtida mobil telefonda gaplashishga chalg‘ib, prichalga noto‘g‘ri tomondan kirgan.   

Foto: REUTERS / Jackson Njehia

Mavzuga oid