Gayana boş vaziri Mark Fillips mamlakat sohillari yaqinida MV Barima paromining ağdarilişi oqibatida halok bölganlar soni 53 nafarga yetganini ma’lum qildi. Fojia 18 iyul kuni keçqurun poytaxt Jorjtaundan Birima-Uayni hududidagi Port-Kaytuma aholi punktiga yöl olgan parom töliq tezlikda harakatlanayotgan vaqtda sodir bölgan.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, qutqaruv operatsiyasi yakşanba tongida boşlangan va hozirga qadar 76 nafar yölovçi qutqarib qolingan. Dastlab halok bölganlar soni 27 nafar deb ma’lum qilingan bölsa, keyinçalik bu raqam 41 nafarga, endi esa 53 nafarga yetgan.

Şuningdek, paromdagi yölovçilar soni böyiça ham aniqlik kiritildi. Ilk röyxatlarda kemada 133 nafar yölovçi borligi aytilgan edi. Biroq 20 iyul kuni boş vazir Mark Fillips voqea vaqtida paromda jami 179 nafar bölganini bildirdi. Şu bois hozirda yana 50 nafarning taqdiri noma’lum bölib qolmoqda va qurbonlar soni yana ortişi mumkin.

Gayana şimoli-şarqiy Janubiy Amerikada joylaşgan ingliz tilida sözlaşuvçi davlat bölib, neftga boy Essekibo hududi böyiça qöşni Venesuela bilan hududiy bahs olib bormoqda.

Fojiadan keyin tergov davomida parom kapitani va ekipajning yana bir a’zosida marixuana iste’mol qilganlik alomatlari aniqlangan. Tirik qolgan kapitanning narkotik moddaga topşirgan testi musbat çiqqan.

VesselFinder ma’lumotlariga köra, MV Barima paromi 1939 yilda qurilgan. Mamlakat prezidenti Muhammad Irfaan Ali fojia sabablarini aniqlaş uçun har tomonlama, xolis va mustaqil tergov ötkazilişini ma’lum qildi.

Tirik qolgan yölovçilardan biri News Source naşriga hodisa vaqtida qattiq şovqin eşitgani, şundan söng kema içiga suv kirib kela boşlagani va parom qisqa vaqt içida yonboşlab çöka boşlaganini aytgan.

Qidiruv-qutqaruv işlari davomida MV Barima dengiz tubidan, sohildan taxminan 15 kilometr uzoqlikda aniqlangan. Qutqaruvçilar bedarak yölovçilarni izlaş işlarini davom ettirmoqda.