Unga köra, “Ijtimoiy karta” orqali öqituvçilar, şifokorlar, davlat xizmatçilari, faol öquvçi va talabalar, şuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari hamda nogironligi bölgan bolalarga teatr, kino va konsert tadbirlari uçun bepul va imtiyozli vauçerlar beriş taklif qilinmoqda.

Qaror loyihasida belgilanişiça, har yili öqituvçilar, şifokorlar, davlat xizmatçilari, faol öquvçi va talabalar uçun 500 mingta, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari hamda nogironligi bölgan bolalar uçun 100 mingta vauçer ajratiladi.

Vauçerlar “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali elektron şaklda taqdim etiladi. Vauçer miqdori bazaviy hisoblaş miqdorining 30 foizigaça bölişi nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, 2027-yil yanvarga qadar “Ijtimoiy karta” axborot tizimiga öqituvçilar, şifokorlar, davlat xizmatçilari, faol öquvçi va talabalar, Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari hamda nogironligi bölgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni integratsiya qilinadi.

Loyiha muhokamasi 19-sentabr kuni yakunlanadi.