Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Markaziy bank boşqaruvining “Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi banklarida oçiladigan bank hisobvaraqlari töğrisidagi yöriqnomaga kiritilişi rejalaştirilayotgan özgartiriş va qöşimçalar:
1. 7-bandda:
quyidagi mazmundagi uçinçi xatboşi bilan töldiriladi:
“Bank hisobvaraği şartnomasi oferta şaklida tuzilişi mumkin.”;
uçinçi – beşinçi xatboşilar tegişli ravişda törtinçi – oltinçi xatboşilar deb hisoblanadi;
quyidagi mazmundagi yettinçi xatboşi bilan töldiriladi:
“Tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr qöyiş yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlaş talab etilmaydi.”.
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“8. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar oçiş uçun bankka mazkur Yöriqnomada közda tutilgan hujjatlar taqdim qilingan kundan söng, banklar keyingi iş kunidan keçiktirmay, agar qonun hujjatlarida boşqaça hollar nazarda tutilmagan bölsa, ularga hisobvaraqlar oçişlari şart.
Hisobvaraqlar oçiş uçun hujjatlar mijozning imzolar namunalari va muhr izi qöyilgan varaqçasida körsatilgan yoki mijozning işonçnomasi asosida vakil qilingan şaxslar tomonidan şaxsan taqdim qilinadi, muassislari rezident jismoniy şaxslar bölgan yuridik şaxslar tomonidan masofadan turib hisobvaraq oçiş holatlari bundan mustasno.
Banklar tomonidan uşbu Yöriqnomada közda tutilgan hujjatlardan boşqa qöşimça hujjatlarni talab qiliş taqiqlanadi.
Mijozlar hisobvaraq oçiş uçun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi uçun javobgar böladilar.
Muassislari rezident jismoniy şaxslar bölgan tadbirkorlik faoliyati sub'yektlari – yuridik şaxslarning röyxatdan ötkaziş jarayonida masofadan turib hisobvaraq oçişga asos bölgan hujjatlarning haqiqiyligi uçun javobgarlik uşbu sub'yektlarni röyxatdan ötkazuvçi organga yuklatiladi.












